Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga o‘zgartirish kiritiladi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.
Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarida 3-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari pochta aloqasi xizmatlarini (pochta, kurerlik jo‘natmalarini qabul qilish, qayta ishlash, tashish va yetkazib berish) ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni Umumjahon pochta ittifoqi aktlari, O‘zbekiston qonunchiligi va ushbu qoidalar asosida amalga oshiradi.
Pochta aloqasi milliy operatori O‘zbekiston hududida Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston majburiyatlarini bajarish bo‘yicha tayinlangan pochta operatori maqomiga ega.
Umumjahon pochta ittifoqi blanklari va hujjatlari faqat milliy operator tomonidan foydalanilishi mumkin.
Oddiy xatlarni, pochta varaqchalarini va pul mablag‘lari pochta o‘tkazmalarini jo‘natish bo‘yicha pochta xizmatlarini ko‘rsatish, yozma xat-xabarlarni, bildirishnomalarni, chaqiruv qog‘ozlarini va boshqa yuridik ahamiyatga ega hujjatlarni Elektron pochta jo‘natmalari yagona milliy tizimi orqali yetkazib berish (topshirish) Milliy operator mutlaq huquqi hisoblanadi. Milliy operatorga O‘zbekiston butun hududida universal pochta xizmatlarini majburiy ravishda ko‘rsatish bo‘yicha vazifalar yuklatiladi.
Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari huquqlari:
- o‘zlariga tegishli avtotransport vositalaridan, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli, maxsus farqlash belgilariga ega bo‘lgan transport vositalaridan shartnoma asosida foydalanadi;
- belgilangan tartibda tasdiqlangan pochta normativlarini hisobga olgan holda, pochta aloqasi obektlari tomonidan ko‘rsatiladigan pochta aloqasi xizmatlari ro‘yxatini mustaqil ravishda belgilaydi;
- qonunchilik hujjatlariga muvofiq faoliyat boshqa turlarini amalga oshiradi”.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Rossiya Zaporijjyadagi koloniyaga zarba berdi
Jahon | 20:05
-
4 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:58
-
“Bir oyda ikki marta kelishi kerak, ikki oyda bir marta kelyapti” – joylarda chiqindi tashish qanday ishlamoqda?
O‘zbekiston | 18:57
Mavzuga oid

10:49 / 10.03.2025
Daniya qog‘oz xatlardan butunlay voz kechdi

17:38 / 05.11.2024
Xorijga chiqish biometrik pasportini pochta orqali yetkazish yo‘lga qo‘yiladi

11:29 / 15.03.2024
Ko‘chma aloqa tarmoqlarini loyihalashtirishni litsenziyalash uchun boj pasaytirildi

12:04 / 02.01.2024