Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qeshm Air Tehron-Toshkent va Tehron-Samarqand yo‘nalishida qatnovlarni amalga oshiradi
O‘zbekistonning Erondagi elchixonasida mamlakat konstitutsiyasi qabul qilingani 30 yilligi arafasida O‘zbekiston va Eron o‘rtasida Qeshm Air aviakompaniyasi to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlari yo‘lga qo‘yilganiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Foto: Dunyo
Unda O‘zbekistonning Erondagi elchisi B.Abdullayev, Qeshm Air aviakompaniyasi bosh direktori, boshqaruv kengashi raisi R.Hamzeiy, Qeshm Air aviakompaniyasi rasmiy vakili, Hamsafaran Mashhad turkompaniyasi direktori A.Mufidiy va boshqalar ishtirok etdi.
Shu kunga qadar O‘zbekiston va Eron o‘rtasida Zagros Airlines aviakompaniyasi haftasiga bir marta to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlarni amalga oshirayotganini qayd etar ekan, elchi joriy yil 22 dekabrdan boshlab Qeshm Air aviakompaniyasi Tehron-Toshkent va Tehron-Samarqand yo‘nalishlari bo‘ylab to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni amalga oshirishini ma’lum qildi. U O‘zbekiston va Eron o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi turizm sohasini rivojlantirishda alohida o‘rin tutishini ta’kidladi.
Qeshm Air aviakompaniyasi vakili A.Mufidiy ushbu aviakompaniya to‘g‘risida hamda O‘zbekiston va Eron o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni tadbir ishtirokchilari e’tiboriga havola qildi.
Qeshm Air aviakompaniyasi bosh direktori R.Hamzeiy so‘zga chiqib, O‘zbekiston va Eron o‘rtasida turizm sohasini rivojlantirish maqsadida elchixona, O‘zbekiston Transport vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi hamda ikki mamlakatdagi turkompaniyalar bilan o‘zaro hamkorlikda ish olib borishga tayyor ekanini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

22:18 / 22.07.2025
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV

07:52 / 22.07.2025
Yevropa davlatlari Eron bilan muzokaralar olib borishga kelishib oldi

08:24 / 18.07.2025
AQSh va Yevropa Eron yadroviy kelishuvi uchun dedlayn belgilaydi

22:51 / 17.07.2025