O‘zbekiston | 07:53 / 06.12.2022
1974
1 daqiqa o‘qiladi

5 yilda yashash va ovqatlanish sohasida tadbirkorlar qanchaga ko‘paygani aytildi 

So‘nggi 5 yillikda yashash va ovqatlanish sohasida tadbirkorlar qanchaga ko‘paygani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Le Figaro

2022 yil 1 noyabr holatiga, O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar soni 35 830 tani tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 5 yilda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatgan tadbirkorlar soni (1 noyabr holatiga) joriy, 2022 yilda eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etyapti – 35 830 ta.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan yillar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:

  • 2018 yil – 19 336 ta;
  • 2019 yil – 24 939 ta;
  • 2020 yil – 29 057 ta;
  • 2021 yil – 33 865 ta.

Mavzuga oid