O‘zbekiston-Polsha ishbilarmonlar kengashi tashkil etiladi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov tashrifi doirasida mamlakat Varshavadagi elchixonasida Polsha parlamenti vakillari, ekspertlar, ishbilarmonlar, akademik va jurnalistlar doiralari, O‘zbekiston-Polsha munosabatlarini rivojlantirish masalalariga jalb etilgan Polsha vazirlik va idoralari xodimlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Polsha Savdo-sanoat palatasi Xalqaro hamkorlik departamenti direktori Yeji Drojd iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Polsha hukumatlararo komissiyasi 7-yig‘ilishida (2021-yil 14-aprel) erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish zarurligini ma’lum qildi. Ikki mamlakat Savdo-sanoat palatalari O‘zbekiston-Polsha ishbilarmonlar kengashini tashkil etish masalasi ustida ishlamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday mexanizmlar Polsha uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan qator davlatlar bilan allaqachon ishga tushirilgan va ular katta samara bermoqda.
Yeji Drojd Polsha tomoni 2023 yil may oyida bo‘lib o‘tadigan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya 8-yig‘ilishida imzolash uchun investitsiya shartnomalari va eksport shartnomalari mustahkam to‘plamini tayyorlashdan manfaatdorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida Polsha ishbilarmon va ilmiy doiralari bir qator faol vakillari, ekspert va jurnalistlar O‘zbekiston-Polsha hamkorligini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi diplomlari bilan taqdirlandi.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
O‘zbekiston ketma-ket uchinchi oy eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi
Iqtisodiyot | 17:35
-
Saudiya Arabistonida Haj qoidasini buzgan 76 ming kishi hibsga olindi
Jahon | 17:32
-
Rasmlarni HD formatda yuborish, audio xabarlarni kesish va kanallar bilan muloqot – Telegram’da yangilanishlar
Fan-texnika | 17:30
Mavzuga oid

15:14 / 01.05.2025
Polsha O‘zbekistondan haydovchilarni ishga jalb qilish imkonini o‘rganmoqda

16:59 / 08.04.2025
Polsha biznes-missiyasi UzFood 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi

15:27 / 21.06.2023
Vladimir Norov pensiyaga chiqdi

22:20 / 29.05.2023