NYT: NATO davlatlarida Ukraina uchun qurollar zaxirasi tugamoqda

Foto: The New York Times
NATOga a’zo bo‘lgan 30 mamlakatdan 20 tasida Ukrainaga jo‘natish uchun mo‘ljallangan harbiy resurslarning katta qismi tugagan. Bu haqda The New York Times Shimoliy Atlantika alyansi vakiliga tayanib xabar berdi.
Shu bilan birga, nashr suhbatdoshi qolgan a’zolar, jumladan, Fransiya, Germaniya, Italiya va Niderlandiya kabi yirik ittifoqchilar hali ham muhim qurollar bilan ta’minlashga qodir ekanini ta’kidlab o‘tgan. NATO Ukrainaga allaqachon 40 milliard dollarlik qurol-yarog‘ jo‘natib ulgurgan, bu Fransiyaning bir yillik mudofaa budjetiga teng.
Jurnalistlar bilan suhbatlashgan ekspertlarning ta’kidlashicha, Ukrainadagi urush jarayonida ikki tomon ham Ikkinchi jahon urushidan beri misli ko‘rilmagan darajada qurol va o‘q-dorilarni sarflamoqda, G‘arb esa bunga tayyor bo‘lmagan.
NATO vakilining so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada frontda qo‘llanayotgan artilleriya miqdori hayratga solar darajada ko‘p. Masalan, Afg‘onistonda NATO kuchlari artilleriyadan kuniga 300 ta snaryad uchirgan va havo hujumidan mudofaa haqida deyarli qayg‘urmagan. Ammo Ukraina qurolli kuchlari kuniga minglab snaryad otishi mumkin va hamon rossiyaliklar raketalari va Eron tomonidan Rossiyaga taqdim etilgan dronlardan himoyalanish uchun havo hujumidan mudofaa tizimlariga o‘ta muhtoj holda qolmoqda. «Ukrainadagi bir kun — Afg‘onistondagi bir oy yoki undan ko‘proqqa teng», — deydi NYT bilan suhbatda mudofaa bo‘yicha ekspert va NATOning sobiq yordamchisi Kamil Grand.
NATOning yuqori martabali mulozimi gazetaga aytishicha, o‘tgan yozda ukrainaliklar Donbassda kuniga o‘rtacha 6-7 mingta, rossiyaliklar esa 40-50 mingta artilleriya snaryadlarini ishlatgan. Taqqoslash uchun: AQSh bir oyda 15 mingta snaryad ishlab chiqaradi.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Jismoniy faollik saratondan o‘lim xavfini 30 foizga kamaytiradi - tadqiqot
Fan-texnika | 01:29
-
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga ichida sement bo‘lgan chelak tashlab yuborildi
Jahon | 00:44
-
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 00:17
Mavzuga oid

18:09 / 03.06.2025
Ukrainaning «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi Kremlda «g‘azab va xavotirga» sabab bo‘ldi

17:59 / 03.06.2025
Qrim ko‘prigiga navbatdagi hujum uyushtirildi

10:54 / 03.06.2025
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukrainadan hayratlanarli yurish

10:41 / 03.06.2025