Toshkent tibbiyot akademiyasiga Hindistonning Neo institute tashkiloti tomonidan tibbiy adabiyotlar taqdim etildi

Foto: Toshkent tibbiyot akademiyasi
Joriy yildan Toshkent tibbiyot akademiyasi ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida xalqaro loyihalarni yo‘lga qo‘ydi. Mazkur loyihalar doirasida Hindistonning Neo institute tashkiloti 250 mln so‘m qiymatidagi tibbiy adabiyotlarni sovg‘a qildi.

23 noyabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Hindistondagi Neo institute tashkiloti o‘zbekistonlik tibbiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun umumiy qiymati 250 mln so‘mlik tibbiy adabiyotlarni sovg‘a qildi.

Joriy yilning avgust oyida TTA xalqaro faoliyatini kengaytirib, Hindistonning Dehli shahrida o‘z vakolatxonasini ochgan edi. Mazkur vakolatxona Toshkent tibbiyot akademiyasi rahbariyati, xodimlari, professor-o‘qituvchilarining Hindistondagi yirik klinikalar, ta’lim maskanlarida malaka oshirishini ta’minlash maqsadida ochilgan. Shuningdek, xorijlik talabalarning ham Toshkent tibbiyot akademiyasida ta’lim olishini yo‘lga qo‘yish ko‘zlangan bo‘lib, 2022-2023 o‘quv yilining o‘zida Hindistondan 250 nafarga yaqin yoshlarning ta’lim olish uchun kelishi rejalashtirilgan.

Hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi Neo institute tomonidan e’tirof etildi va bundan keyin ham hamkorlikda qo‘shma ilmiy loyihalar yaratilishiga kelishib olindi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot xizmati
Mavzuga oid

20:07 / 13.03.2024
Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi

15:05 / 31.03.2023
Toshkent tibbiyot akademiyasiga xalqaro hamkorlik doirasida sun’iy nafas olish uskunalari sovg‘a qilindi

10:25 / 29.03.2023
Toshkent tibbiyot akademiyasida Xalqaro onlayn olimpiada bo‘lib o‘tmoqda

14:43 / 24.03.2023