Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari yarmarkasi o‘tkaziladi
30 noyabrdan 2 dekabrga qadar Toshkent shahridagi «O‘zekspomarkaz»da Craft Fair Uzbekistan - xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Kun.uz
Tadbirda xorijiy davlatlar — Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Pokistondan hunarmandlar qatnashishi kutilmoqda. Unda Novica, Wildberries, Alibaba, Joyda, CraftmeetsDesign, iHunar kabi xalqaro hamda mahalliy onlayn platformalar ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Ishtirokchilar tomonidan kashtachilik, kulolchilik, misgarlik, yog‘och o‘ymakorligi, gilamchilik, milliy matolar, miniatyura kabi 20 dan ortiq milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari tashkil etiladi.
Yarmarka ishtirokchilari loydan ko‘za yasash, ipakdan mato to‘qish, do‘ppiga naqsh berish hamda beshik yasash jarayonlarida bevosita ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. O‘zbekiston turli hududlariga xos bo‘lgan kashtachilik, kulolchilik, misgarlik, yog‘och o‘ymakorligi maktablariga xos betakror mahsulotlar hamda hunarmandlar tomonidan yasalgan esdalik sovg‘alarini xarid qilish imkoni ham yaratiladi.
Yarmarkaga tashrif buyurganlar zargar Tohir Muhammedov, kulol Alisher Narzullayev, kashtachi Ahmad Arabov, kulol Shokir Ahmadjonov, adras, atlas to‘quvchi, gilamdo‘z Ibrohim Sultonov kabi mashhur hunarmandlar mahorat darslarini kuzatish va bevosita ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Senat xorijdan qaytganlarni OIV majburiy tekshiruvidan o‘tkazish haqidagi qonunni ma’qulladi
O‘zbekiston | 21:29
-
Uitkoff uchun uyushtirilgan «sahna» - Tramp vakilining Isroil yordam markazlariga tashrifi G‘azodagi vaziyatni o‘zgartira oladimi?
Jahon | 20:49
-
Putin va Lukashenko skameykada o‘tirib intervyu berdi
Jahon | 20:34
-
Trampning ultimatumidan keyin Putin: «Oreshnik»ni seriyali chiqara boshladik»
Jahon | 20:07
Mavzuga oid

09:40 / 31.10.2024
Toshkentda "Ipak yo‘lida turizm" xalqaro sayyohlik yarmarkasi o‘tkaziladi

16:28 / 17.08.2024
Toshkentda milliy hunarmandchilik namunalari ko‘rgazma-savdosi bo‘lib o‘tmoqda

22:14 / 30.03.2024
Marg‘ilonda hunarmandchilik, tadbirkorlik va dizayn bo‘yicha UNESCO treningi boshlandi

10:37 / 30.03.2024