Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada tez yordam xodimi kaltaklandi
Shifokor holati vazirlik nazoratiga olingan.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
16 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tez yordam xodimi kaltaklanganiga doir xabarlar tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi hodisa tafsilotlarini ma’lum qildi.
«Joriy yil 12 noyabr kuni soat 04:00 larda Farg‘ona viloyati, Rishton tumani, «Oqtomir» MFY hududida yashovchi fuqaro T.T. tuman tez tibbiy yordam bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilib, otasi — 1942 yilda tug‘ilgan T.G‘.ning sog‘ligi yomonlashganini ma’lum qilgan.
Tez yordam xodimlari xonadonga yetib borib, bemorga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan. Uning qon bosimi ko‘tarilgani sababli tuman markaziy shifoxonasiga olib ketilayotganida bemor T.G‘ vafot etgan.
Otasi hayotdan ko‘z yumganidan g‘azablangan T.T. va uning o‘g‘li G‘.X. tez tibbiy yordam xodimi B.Z.ni sababsiz urib, unga tan jarohati yetkazgan. Tez yordam shifokori olgan jarohati sababli shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan.
Tegishli tibbiy tekshiruvlardan so‘ng unga «O‘ng ko‘z orbitasi medial devori o‘rta va orqa yuzasi sinib siljishi. Gemosinus. Chap orbita medial devori deformatsiyasi. Burun to‘sig‘i qiyshayishi. O‘ng ko‘z olmasi kontuziyasi. To‘rparda angiopatiyasi. O‘ng qosh sohasi yirtilgan jarohati. O‘ng ko‘z qovoqlari lat yeyishi» dastlabki tashxisi qo‘yilgan», deyiladi xabarda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu holatni o‘z nazoratiga olgan va hozir bemor-shifokorning ahvoli qoniqarli, tegishli davo muolajalari davom ettirilmoqda.
Mazkur hodisa yuzasidan Rishton tuman ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Air China O‘zbekistonga birinchi parvozni amalga oshirdi
O‘zbekiston | 20:19
-
Google telefondagi zilzila haqida ogohlantirish tizimi qanday ishlashini tushuntirdi
Fan-texnika | 19:20
-
Kuba prezidentlikka nomzodlar uchun 60 yosh chegarasini bekor qildi
Jahon | 18:49
-
Konsertdagi lavha yirik kompaniya rahbarining ehtimoliy xiyonatini oshkor qildi
Jahon | 18:48
Mavzuga oid

13:34 / 05.07.2025
Farg‘onadagi Malibu ishi: haydovchi viloyat IIB YHXB boshlig‘ining turmush o‘rtog‘i ekani ma’lum bo‘ldi

14:39 / 26.06.2025
Farg‘onada fuqarolarni xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

16:36 / 17.06.2025
Shohimardon va So‘xga borishdagi postlar 24 soatlik ish tartibiga o‘tmoqda

08:40 / 07.06.2025