Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyadan Misrgacha velosipedda borgan ayol
72 yoshli ekofaol Doroti Xildebrant Shvetsiyadan Misrning Qizil dengiz bo‘yidagi Sharm ash-Shayx kurortigacha bo‘lgan 8 ming kmdan ortiq masofani velosipedda bosib o‘tdi. U odamlarga “Iqlim o‘zgarishini to‘xtating!” – deyish uchun bu safarga 4 oy vaqtini sarflagan.

1 iyuldan qahramonimiz 17 ta mamlakat bo‘ylab velosipedda kuniga 80 km, jami 8 ming 830 kilometr masofani bosib o‘tgan. U Sharm ash-Shayxga yetib borish uchun Yevropa va Yaqin Sharqni kesib chiqqan. Ayol bu ishni iqlim o‘zgarishi muammosi murakkablashib borayotganidan insonlar xabardorligini oshirish va BMTning COP27 yillik iqlim konferensiyasida yig‘ilganlarni bunga qarashi aniq choralar ko‘rishga undash maqsadida qilgan.
Dorotining aytishicha, u urush sababli vayron bo‘lgan Suriya, shuningdek, Livanda velosipedda emas, balki taksida tansoqchi bilan yurishga majbur bo‘lgan. Sinayda ham mahalliy ma’murlar uning xavfsizligi uchun Nuvayba portidan Sharm ash-Shayxgacha velosipedda yurishini taqiqlab qo‘yishgan.
Shunday bo‘lsa-da, u o‘z missiyasini muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirganini ta’kidlaydi.

Ayol safar davomida Facebook’dagi postlarini minglab odamlar ko‘rganini, ulardan ijobiy fikrlar olib, yaxshi kayfiyat bilan yo‘lda davom etganini aytadi. Hatto Turkiyaning Antaliya shahriga kelganda velosipedi buzilib qolgani, ammo ko‘ngillilar uni ta’mirlashda yordam berganini tabassum bilan eslagan.
"Ular haqiqatan iqlim o‘zgarishini to‘xtatishi kerak"
Xildebrant ayni vaqt konferensiya o‘tkaziladigan joydan 15 km uzoqlikdagi do‘stining uyida yashamoqda. U kelgan kunidan boshlab bir hafta davomida har kuni elektron velosipedi yordamida shahar markaziga qatnayapti, faollar bilan uchrashib, tadbirlarda ishtirok etmoqda.

Doroti dunyo mamlakatlarining yetakchilari haqida gapirar ekan:
"Ular haqiqatan ham iqlim o‘zgarishini to‘xtatishlari kerak. Qanchalik qiyin bo‘lishiga qaramay, kelajak uchun bu ishni qilish kerak. Uzoq yo‘lni velosipedda bosib o‘tish men uchun ham oson bo‘lmadi, ammo inson irodali bo‘lsa, buni ko‘pchilik amalga oshirishi mumkin", – deydi u.
72 yoshli ayolning bu g‘ayratidan hayratda qolgan Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi Xildebrant bilan uchrashib, uni velosipedda yurishga taklif qilgan. Uchrashuvda Misr rahbari Sharm ash-Shayxda namoyishchilarning shikoyatlari eshitilishini aytgan.
Odatda ikki haftalik sammitning birinchi haftasi yakunlanishi bilan ekofaollar juda katta ommaviy namoyishlar qilishardi. Bundan oldingi iqlim o‘zgarishi bo‘yicha muzokaralarda ham shu holatlar kuzatilgandi. Ammo bu yilgi konferensiyaning birinchi haftasi kichik norozilik tadbirlarini hisobga olmasa, sokin o‘tdi. Unda faollar Misrning izolyatsiya qilingan shahrida sayohat qilish, yashashning bahosi qimmatligidan hamda cheklovlar ko‘pligidan shikoyat qilishgan.
Hozirgacha bo‘lgan eng yirik namoyish shanba kuni (12 oktyabr), AQSh prezidenti Jo Bayden sammitda nutq so‘zlaganidan bir kun o‘tgach bo‘lib o‘tdi. Yuzlab odamlar muzokaralar o‘tayotgan joydan uncha uzoq bo‘lmagan maydonda qichqirib, ashula aytishgan va raqsga tushishgan.
Ma’lumot uchun, Germaniyaning markazi – Kassel shahrida tug‘ilgan Xildebrant birinchi marta velosiped haydashni 10 yoshida boshlagan va o‘shandan beri bu mashg‘ulotni to‘xtatmagan. Doroti velosipedda yurish juda foydali ekanini bilib, unga “Kelajak va tinchlik uchun velosiped haydash” – deb yozib qo‘ygan.

1978 yilda u turmush o‘rtog‘i bilan Shvetsiyaga ko‘chib o‘tgach, uylarni tozalash xizmatida ishladi, so‘ngra keksalar va nogironlarga g‘amxo‘rlik qilishni boshlagan. 10 yildan ko‘proq vaqt oldin nafaqaga chiqqan bu ayol ikki nafar nabirasi uchun ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lishini va velosiped haydashini aytadi.
Eslatib o‘tamiz, butunjahon konferensiyasi 18 noyabr kuni yakunlanadi. Xildebrant esa velosipedda Qohiraga, so‘ngra O‘rtayer dengizi bo‘yidagi Iskandariya shahriga jo‘nab ketadi. U shahardan paromga o‘tirib, Isroilning Hayfa portiga borishni va o‘sha yerdan Gretsiyaga yo‘l olishni reja qilgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Badiiy akademiya xodimlari uchun oylik rag‘batlantirish ustamasi belgilandi
O‘zbekiston | 08:10
-
Bloomberg: Zelenskiy Tramp bilan AQShdagi elchini almashtirishni muhokama qildi
Jahon | 07:56
-
O‘zbekistonda milliy usulda qog‘oz tayyorlash bo‘yicha ustaxona tashkil etiladi
O‘zbekiston | 07:36
-
Yevrokomissiya: HAMAS G‘azoda gumanitar yordamni tortib olayotgani haqida hech qanday dalil yo‘q
Jahon | 07:27
Mavzuga oid

07:46 / 07.07.2025
O‘zbekiston va Shvetsiya mehnat migratsiyasi sohasida hukumatlararo bitim tuzishi mumkin

09:03 / 03.07.2025
O‘zbekiston va Misr Sulton Sayfiddin Qutuz haqida film yaratishi mumkin

13:47 / 28.06.2025
O‘zbekiston onkologik kasalliklarga qarshi kurashishda Shvetsiya bilan hamkorlik qiladi

10:33 / 25.06.2025