O‘zbekistonga import televizorlar asosan Xitoydan olib kelinyapti
O‘zbekistonga 9 oyda 99,8 mingta televizor import qilingan.

Foto: iStock
O‘zbekistonga 2022 yil yanvar-sentabr oylarida xorijdan qiymati 25,9 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 99 756 dona televizor import qilingan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, televizor importi 2021 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 13,6 mingtaga kamaygan.
O‘zbekiston 15 ta davlatdan televizor import qilgan.
O‘zbekiston 9 oy mobaynida eng ko‘p televizor import qilgan davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilyapti – 58,1 mingta.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Rossiya – 37,7 mingta;
- Indoneziya – 3,1 mingta;
- Polsha – 358 mingta.
Mavzuga oid

18:16 / 12.03.2025
WSJ: Xitoy harbiy potensialini oshirish uchun okean tubini faol o‘rganmoqda

15:39 / 11.03.2025
Xitoy AQSh qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bojlar joriy qildi

12:02 / 11.03.2025
Bosh vazir matbuot kotibi O‘zbekistonda «xitoyliklar ko‘payib ketayotgani» haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

22:37 / 10.03.2025