Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari tashkil etiladi

Foto: KUN.UZ
Vazirlar Mahkamasining “Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilingani haqida xabar bergan edik.
Hukumat qarori bilan mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari har bir mahallada tashkil etiladi va yuridik shaxs hisoblanmaydi.
Markazlarda bitta ijtimoiy loyiha doirasida 20 nafargacha xotin-qizlarning doimiy bandligini ta’minlash maqsadida bandligi ta’minlanadigan har bir nafar ishsiz xotin-qiz uchun tadbirkorlarga 3 million so‘mgacha davlat granti ajratiladi.
Davlat granti quyidagi toifadagi xotin-qizlarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga ko‘maklashishga qaratilgan loyihalar uchun ajratiladi:
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga, shuningdek “Ayollar daftari”ga kiritilgan;
- ishsiz, ayniqsa, qishloq joylarda bola tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan;
- xorijiy mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan;
- nogironligi bo‘lgan mehnatga layoqatli ishsiz;
- norasmiy bandlikni qisqartirish maqsadida kundalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib, daromad topayotgan;
- odam savdosidan hamda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, mushkul iqtisodiy ahvolga tushib qolgan;
- umumiy o‘rta va professional ta’lim muassasalarini tugatgan, OTMga o‘qishga kira olmagan yoki oliy ta’limda o‘qish uchun imkoniyati bo‘lmagan ishsiz xotin-qizlar;
- muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilgan, profilaktik ro‘yxatga olingan, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan xotin-qizlar.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi
Sport | 02:13
-
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Sport | 00:44
-
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Jahon | 23:47 / 13.07.2025
-
Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi
Jahon | 23:01 / 13.07.2025
Mavzuga oid

17:21 / 23.04.2024
Xotin-qizlar uchun "IT Star" tanlovi o‘tkaziladi

19:00 / 30.08.2023
Har bir ayol baxtli yashashga haqli

16:27 / 20.05.2023
Xotin-qizlar uchun tavsiyanomalar – ular o‘qishga kirishni kafolatlaydimi?

11:08 / 15.03.2023