“O‘zbekiston elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari erkinlashtirishi kerak” – Jahon banki vitse-prezidenti Anna Berde
Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan iqtisodiy forumda so‘zga chiqqan Anna Berde O‘zbekiston yechishi kerak bo‘lgan og‘riqli muammolarni sanadi. Jahon banki vitse-prezidenti energiya narxlarini liberallashtirish, resurslarni noto‘g‘ri taqsimlashdan qochish, davlat banklarini isloh qilish hamda ta’lim va tibbiy xizmat sifatini yaxshilash eng muhim masalalar ekanini aytdi.

Foto: Kun.uz
Samarqand shahrida ikkinchi O‘zbekiston iqtisodiy forumi o‘z ishini boshladi. Forum ochilishida so‘zga chiqqan Jahon banki vitse-prezidenti Anna Berde O‘zbekistonning o‘tgan davrda erishgan yutuqlarini sanarkan, bu bilan to‘xtab qolmaslik kerakligini aytdi, deya xabar berdi Kun.uz muxbiri.
“Markaziy Osiyo mamlakatlari, shu jumladan O‘zbekiston ham prognoz qilinganidan ko‘p va yuqori narxlarda tovar eksport qildi va pul o‘tkazmalarining kuchli oqimini saqlab qoldi”, – dedi u.
Anna Berde xususiy sektor uchun shart-sharoitlarni tenglashtirish va samaradorlik o‘sishini qo‘llab-quvvatlash uchun hali ko‘p ish qilish kerakligiga urg‘u berdi.
“O‘zining xalqaro raqobatbardoshligini oshirish uchun O‘zbekiston kapital, energiya va xomashyo, ishchi kuchi bozorlarini yanada erkinlashtirishi va savdo xarajatlarini qisqartirishi kerak”, — dedi u.
Anna Berde O‘zbekiston qilishi kerak bo‘lgan masalalar qatorida quyidagilarni sanadi:
- resurslarni noto‘g‘ri taqsimlashdan qochish va unumdorlikni oshirish uchun narxlarni liberallashtirish - masalan, asosiy xomashyo, elektr energiyasi, tabiiy gaz, yer, biznes xizmatlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va paxta xomashyosi;
- biznes muhitini mustahkamlash;
- davlat banklari, sug‘urta sektori va nobank kredit tashkilotlari sektorini isloh qilishni davom ettirish;
- davlat korxonalarining korporativ boshqaruvini isloh qilish va ularning moliyaviy ko‘rsatkichlarini yaxshilash;
- moliyaviy tizimlarni takomillashtirish va biznes muhitini mustahkamlash;
- sog‘liqni saqlash va ta’lim xizmatlari sifatini oshirish.
“Bu o‘zgarishlarning ko‘pchiligi murakkab va ular puxta tayyorgarlik bilan bosqichma-bosqich amalga oshirishni talab qiladi”, — dedi u.
Jahon banki vakili O‘zbekiston iqtisodiy forumi davomida O‘zbekiston va uning kelajak avlodlari manfaatlari yo‘lida qanday harakat qilishi mumkinligi borasida mazmunli va ochiq munozaralar olib borishga umid bildirdi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«PSJ» 9 kishi bo‘lib «Bavariya»ni klublar mundialidan chiqarib yubordi
Sport | 09:30
-
Farg‘onadagi “ot o‘yinlar”, o‘g‘irlangan bankir va poraxo‘r sudya - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:20
-
Xominaiy Isroil bilan urush boshlanganidan beri ilk bor omma oldida ko‘rinish berdi
Jahon | 08:43
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
Mavzuga oid

18:51 / 26.06.2025
Xitoy quyosh va shamol energiyasini rivojlantirish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

18:46 / 17.06.2025
Rossiya Tojikistonning elektr energiyasidan 297 million dollar qarzini kechadi

16:12 / 12.06.2025
Energetika sohasida davlatga yetkazilgan zarar 471 mlrd so‘mdan oshdi

17:39 / 07.06.2025