Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zsanoatqurilishbank” xodimlari uchun Tracker-2 va Equinox mashinalari xarid qilinadi

Foto: O‘zsanoatqurilishbank
“O‘zsanoatqurilishbank” jami 2 mlrd 844 mln so‘m qiymatdagi 6ta Tracker-2 TRK Premier va 3ta Equinox avtomobili sotib olish bo‘yicha shartnomalar tuzgan.
Asosiy ta’sischilari davlat organlari va davlat jamg‘armalari bo‘lgan “O‘zsanoatqurilishbank” hududiy filiallari uchun bir qancha avtomobillar xarid qilgan.
Telegram’dagi davletovuz kanali muallifining e’tibor qaratishicha, 18-28 oktabr kunlari “O‘zsanoatqurilishbank” har biri 249 mln so‘m bo‘lgan 6ta Tracker-2 TRK Premier xarid qilish uchun UzAuto Motors dilerlari bilan umumiy qiymati 1,5 mlrd so‘mga yaqin shartnomalar imzolagan. Bu haqdagi ma’lumotlar davlat xaridlari saytiga joylashtirilgan(1,2,3,4,5,6).
Shuningdek, bank tomonidan har biri 450 mln so‘m bo‘lgan 3ta Equinox avtomobili sotib olish bo‘yicha ham shartnomalar tuzilgan(1,2,3).
Avvalroq, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Bandixon tumani hokimi minishi uchun Skoda Kodiaq mashinasini sotib olishga 429 mln so‘m ajratish haqida farmoyish chiqargan edi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bunga qarshi chiqib, farmoyishni bekor qildirdi.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev budjet xarajatlarini qisqartirish uchun hokimlik, vazirlik va davlat idoralariga yil yakuniga qadar bino ta’mirlash, avtomobil, mebel, ofis anjomlari xarid qilish kabi qo‘shimcha xarajatlarni amalga oshirishni qat’iyan taqiqlagandi.
Tavsiya etamiz
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
“Ish qilishga kuchim yo‘q”: quvvatsizlik oddiy charchoqmi yoki jiddiy signal?
Sog‘lom hayot | 16:45 / 29.07.2025
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy AQSh tahdidiga qaramay, Rossiya neftini sotib olishdan voz kechmadi
Jahon | 23:46 / 30.07.2025
-
Turkiyada migrantlarning noqonuniy bandligiga qarshi choralar kuchaytirildi
Jahon | 23:20 / 30.07.2025
-
Uy quruvchilarining “qora” ro‘yxati, rus ovchilarining o‘ljasi va issiqxonalarga qo‘llov – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:52 / 30.07.2025
-
Nozimaxon Davletova Prezident Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi konsultanti bo‘ldi
O‘zbekiston | 22:27 / 30.07.2025
Mavzuga oid

12:58 / 14.02.2025
Wi-Fi router o‘rnatilgan Equinox jarima maydonchasiga joylashtirildi

10:43 / 19.11.2024
Toshkentda Traverse va Equinox to‘qnashuvida ikki kishi jarohatlandi

12:00 / 08.11.2024
Yangi O‘zbekiston ko‘chasida Tracker-2 yonib ketdi

23:15 / 28.03.2023