Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy sohalarida davlat kosmik monitoringi amalga oshiriladi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy sohalarida davlat kosmik monitoringini amalga oshirish hamda sun’iy yo‘ldosh apparatlari yordamida kosmik xizmatlar ko‘rsatish, yerni masofadan zondlash ma’lumotlarini olishni rejalashtirish, olish, qayta ishlash, saqlash, tarqatish hamda kosmik monitoringni o‘tkazish tartibini belgilovchi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Prezident qarori bilan 2022 yil 1 oktyabrdan boshlab ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda bosqichma-bosqich majburiy tartibda sun’iy yo‘ldosh apparatlari orqali davlat kosmik monitoringini amalga oshirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi: davlat kosmik monitoringini amalga oshirish; sun’iy yo‘ldosh apparatlari yordamida kosmik xizmatlar ko‘rsatish, yerni masofadan zondlash ma’lumotlarini olishni rejalashtirish, olish, qayta ishlash, saqlash, tarqatish hamda kosmik monitoringni o‘tkazish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi – davlat kosmik monitoringini amalga oshirish uchun maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Maxsus vakolatli davlat organi o‘z tizim tashkilotlarini jalb qilgan holda davlat kosmik monitoringini amalga oshirishi mumkin.
Davlat kosmik monitoringini amalga oshirish asosiy maqsadi mamlakat barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohalarida, yer munosabatlari, geologiya, ekologiya, qishloq, o‘rmon, suv, transport va yo‘l xo‘jaligi, favqulodda vaziyatlar sohalarida ing vakolatli organlar va tashkilotlarga yuklatilgan vazifalarni hal etish samaradorligini oshirish, soha shaffoflik darajasini oshirish hamda qonunbuzilish holatlarini aniqlash hisoblanadi.
Maxsus vakolatli davlat organi davlat kosmik monitoringini sun’iy yo‘ldosh apparatlari yordamida yerni masofadan zondlash ma’lumotlari va boshqa qo‘shimcha ma’lumotlar hamda davlat kosmik monitoringi o‘tkaziladigan soha vakolatli organi va ushbu sohada faoliyat yurituvchi tashkilotlardan olinadigan zarur ma’lumotlar asosida amalga oshiradi.
Davlat kosmik monitoringi O‘zbekiston prezidenti, O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi tashabbusi orqali mamlakat manfaatlari yo‘lida amalga oshiriladi.
Davlat kosmik monitoringi amalga oshirilayotgan sohada vakolatli organlar va tashkilotlar maxsus vakolatli davlat organi va uning tizim tashkilotlariga davlat kosmik monitoringini amalga oshirish uchun barcha zarur bo‘lgan ma’lumotlarni so‘rovga asosan sifatli va beg‘araz asosda taqdim etib boradi.
Davlat kosmik monitoringini amalga oshirish va aniqlangan ma’lumotlarni aks ettirish uchun sohaviy tegishliligiga ko‘ra maxsus tizim axborot va kiberxavfsizlik talablarini inobatga olgan holda yaratiladi va sohadagi vakolatli organlar uchun mazkur tizimdan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi
Quyidagilar davlat kosmik monitoringi maqsad va vazifalari hisoblanadi:
- davlat kosmik monitoringi obektlarida yuz berayotgan o‘zgarishlarni operativ tarzda kuzatish tizimini tashkil etish va amalga oshirish, ularni baholash, salbiy jarayonlarni prognozlash hamda ular oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
- ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda shaffoflikni va raqamlashtirish darajasini oshirish hamda yashirin iqtisodiyot omillarini minimal darajaga yetkazish;
- sohalarda qonunbuzilish holatlarini, yer fondi holati o‘zgarishlarini, minimal inson omili, moddiy resurs va vaqt oralig‘ida aniqlash;
- jamlangan dolzarb ma’lumotlar asosida inqirozli vaziyatlarda boshqaruv qarorlarini qabul qilish;
- hududlardagi tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ustidan doimiy monitoring olib borish;
- muayyan muammolarni hal qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni shakllantirish uchun keng ko‘lamli mavzuli kartografik materiallarni, statistik ma’lumotlarni tayyorlash;
- davlat boshqaruvi samaradorligi va sifatini oshirish;
- sohalarda vakolatli organ va tashkilotlarga yuklatilgan vazifalarni hal etish samaradorligini oshirishga ko‘maklashish;
- ijobiy va salbiy jarayonlar rivojlanish dinamikasini kuzatish va haqqoniy ma’lumotlarga ega bo‘lish.
Mavzuga oid

22:56 / 23.05.2025
Xitoylik taykonavtlar ochiq kosmosda 8 soatlik missiyani amalga oshirdi

01:39 / 17.05.2025
Virgin Galactic kosmosga parvozlar narxini oshiradi

17:37 / 22.04.2025
Yevropa orbitada kosmik oziq-ovqat ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba boshladi

20:20 / 30.03.2025