OAV: Ukraina artilleriyada ustunlikka erishdi
Rossiya va Ukraina Qurolli kuchlari hozirda Xerson viloyatida taxminan teng miqdordagi zarbalarni almashmoqda, biroq Ukrainaniki uzoqroq va aniqroq bo‘lyapti, deb yozadi NYT.

Foto: Getty Images
Ukraina Xerson viloyatida artilleriya ustunligiga ega bo‘ldi, deb yozmoqda The New York Times (NYT) mahalliy qo‘mondonlik va harbiy ekspertlarga tayanib. Buning sababi, 29 oktyabr, shanba kuni e’lon qilingan reportajda aytilishicha, G‘arbning uzoq masofaga uchuvchi va yuqori aniqlikdagi raketalar va artilleriya snaryadlari Rossiyada yetishmayotgan qurollar sinfiga kiradi.
Ukraina jangchilari millionlab dollarlik rus texnikasini yo‘q qildi, deb yozadi NYT. Bunda ular nafaqat AQSh va ittifoqchilar tomonidan taqdim etilgan qurol-yarog‘lardan, balki qo‘lbola uchuvchisiz uchoqlar, shuningdek, yanada ilg‘or dronlardan ham foydalanyapti. Shu bilan birga, Rossiya «qanotli raketalar, katta armiya va millionlab artilleriya snaryadlari bilan, garchi noaniq bo‘lsa ham, qo‘rqinchli kuch bo‘lib qolmoqda», deb ta’kidlaydi gazeta. Uning baholashicha, artilleriyadagi ustunlik Ukraina Qurolli kuchlariga Xerson tomon, yo‘qotishlar evaziga bo‘lsa-da, asta-sekin oldinga siljish imkonini berdi.
Ukraina qo‘mondonligiga ko‘ra, hozir tomonlar taxminan teng miqdordagi zarbalar almashishmoqda. Biroq, ukrainaliklar G‘arb tomonidan taqdim etilgan sun’iy yo‘ldosh yordamida boshqariladigan raketalar va artilleriya snaryadlari tufayli nafaqat uzoqroq, balki aniqroq zarba beryapti, deydi NYT suhbatdoshlari.
«Biz ularga yeta olyapmiz, lekin ular bizga yeta olmayapti. Ularda bunday qurollar yo‘q», dedi Xerson frontidagi artilleriya batareyasiga qo‘mondonlik qilayotgan Ukraina armiyasi mayori NYT'ga. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya armiyasidan o‘q uzish intensivligi uch baravar kamaydi, bu esa Rossiya kuchlari uchun o‘q-dorilar yetishmayotganidan dalolat berishi mumkin. «Rossiya armiyasi cheksiz, degan fikr bor, ammo bu afsona», - deya ta’kidladi ukrainalik harbiy.
Bundan tashqari, reportajga ko‘ra, amerikaliklar tomonidan taqdim etilgan M777 gaubitsalari yuqori aniqlikdagi snaryadlar bilan otadi hamda bunday o‘qqa tutish ruslarni og‘ir texnikani front chizig‘idan uzoqroqqa joylashtirishga majbur qilgan. NYT, shuningdek, Xersonga ta’minot vositasi - Dnipro bo‘ylab o‘tgan ko‘priklar Ukraina artilleriyasi hududi oralig‘ida joylashgani va foydalanishga asosan yaroqsiz ekanligiga e’tibor qaratadi. «Gap rus qo‘shinlari Xersonda qancha vaqt tura olishida», deb yozadi gazeta.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Superliga. «Paxtakor» «Navbahor»ni mag‘lub etdi, «Dinamo»-«Nasaf» o‘yini durang bilan yakunlandi
Sport | 23:58 / 06.07.2025
-
Pokistonda 5 qavatli bino qulab tushdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:25 / 06.07.2025
-
Britaniya buyurtmalar yo‘qligi bois Eurofighter Typhoon qiruvchilarini ishlab chiqarishni to‘xtatdi
Jahon | 22:38 / 06.07.2025
-
Xitoy Putindan NATOga hujum qilishni so‘raydi - alyans bosh kotibi
Jahon | 22:07 / 06.07.2025
Mavzuga oid

20:08 / 06.07.2025
Rossiya Ukrainaga raketa va dronlar bilan hujum qilishda davom etdi

13:10 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?

14:30 / 05.07.2025
Ukraina sobiq mudofaa vaziri Reznikovning uyida tintuv o‘tkazildi

12:45 / 05.07.2025