Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Raqamli bank xizmatlaridan yanada qulay foydalanish imkoniyati va tun-u kun xizmat – Anorbankni tanlash uchun sabablar yetarli

Foto: Anorbank
2 yildan oshiq vaqt davomida ANORBANK O‘zbekiston moliya bozorida muvafaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda va bank sohasida yangi innovatsiyalar va qulay mahsulotlar olib kirishga intilmoqda. Mahsulot va hizmatlarimiz mijozlarga ma’qul kelayotganing eng yorqin isboti sifatida moliyaviy ko‘rsatkichlarimiz va mijozlarimiz sonining oshishini ko‘rsatish mumkin.
Anorbank, raqamli bank sifatida, boshqa tijorat banklari, shuningdek, IT banklar va fintex kompaniyalar orasida birinchilardan bo‘lib bank xizmatlarini to‘liq raqamlashtirdi: hususan mijozlarni identifikatsiya qilishdan tortib, barcha bank mahsulotlarini masofadan turib olish imkoniyatini yaratdi.
Bank boshqaruv raisi Sherzod Akramovning so‘zlariga ko‘ra, ANORBANK hususiy banklar orasida aktivlarning o‘sish ko‘rsatkichlari bo‘yicha 2- o‘rinni (178%) egallaydi.
Xususiy banklar orasida muomaladagi kartalar soni bo‘yicha 3- o‘rinni egallaydi.
Bank mobil ilovasini yuklab olish bo‘yicha O‘zbekistonda eng yuqori o‘rinlarda (3 mln dan ortiq)
ANORBANK mobil ilovasi Play Market ilovalar portalida 4,7 bahoga ega bo‘lib, bank mobil ilovalari ichida eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Bankka bormasdan ishingizni hal qilishga qulay imkoniyat
ANORBANK mijozlarga 24/7 formatda bankka tashrif buyurmagan holda bank xizmatlarining barcha turlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.
Raqamli bankning ajralmas qismi bu nafaqat ilova, balki aloqa markazining xizmati ham katta o‘rin egallaydi.
Ayni paytda Aloqa markazida 250 dan ortiq xodim jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatmoqda. Bir kunda 10 000ga yaqin kiruvchi qo‘ng‘iroqlarga javob beriladi va 3000-3500ta chiquvchi qo‘ng‘iroqlar amalga oshiriladi.
Ijtimoiy tarmoqlar jadal suratda rivojlanayotgan zamonda ko‘pchilik qo‘ng‘iroq orqali gaplashishni yoqtirmaydi, shuning uchun aloqa markazida matn xizmati va shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘limlari mavjud bo‘lib, uning xodimlari ijtimoiy tarmoqlarda va boshqa platformalarda barcha turdagi murojaatlarga javob berishadi. Kuniga o‘rtacha 300-500 tagacha murojaatlar kelib tushadi va ularga xizmat ko‘rsatiladi.
“Bizning vazifamiz fuqarolar bank xizmatlaridan kechayu kunduz erkin va oson foydalanishlariga erishishdir. Shu jumladan, hisob raqamlaridagi, bank kartalaridagi va depozitlaridagi mablag‘laridan hamda qarz mablag‘lardan, shuningdek, barcha turdagi moliyaviy va to‘lov operatsiyalaridan cheklovlarsiz 24/7 formatda foydalanish imkoniyatini yaratishdir”, - deydi bank boshqaruv raisi Sherzod Akramov.
Bankka tashrif buyuruvchi mijozlarga xodimlar tomonidan alohida e’tibor bilan xizmat ko‘rsatiladi. Mobil ilovani yuklab olish va undan foydalanishda qiyinchilikka uchragan mijozlar uchun xizmat ko‘rsatish maydonida alohida xodimlar ajratilgan. Xodimlar mijozga masofaviy xizmatlardan foydalanish xaqida batafsil tushunitirshlar berishadi.
Yaqinda Anorbank “ANOR BLACK” kartasini ishga tushirdi. Uning afzalliklari:
- Milliy va xorijiy valutada butun O‘zbekiston va yana 200 mamlakat bo‘ylab to‘lovlarni amalga oshirish mumkin;
- 3 xil turdagi UzCard, HUMO va valuta terminallarida bitta karta bilan to‘lash mumkin.
Mijozlar qaysi kartani o‘zi bilan olish to‘g‘risida o‘ylashi shart emas. UzCard, HUMO va Mastercard kartalari bitta – Anor black kartasida. Unda o‘zbek so‘mi, AQSh dollari, Yevro va Rus rubli – 4 valutani bir kartada saqlash mumkin.
U bir necha daqiqa ichida ilova orqali boshqa kartalarga pul o‘tkazish va monitoring yordami bilan xarajatlarni boshqarish, tezkor o‘tkazmalar, xizmatlar uchun onlayn to‘lovlar kabi imkoniyatlarni taqdim etadi.
Anorbankning IT - sohasidagi rivojlanish tendensiyasini hamda bank mahsulotlariga innovatsion yechimlarni joriy etganini kuzatib, boshqa banklar ham transformatsiya jarayonini faollashtirdilar va shunga mos ravishda, bu xorijiy yirik banklar va IT -kompaniyalarning kelgusida hamkorlikni rivojlantirishga bo‘lgan qiziqishini oshirish imkonini berdi.
Anorbank mijozi bo‘lish uchun shunchaki mobil ilovani yuklab olish kifoya, savollar yuzasidan 24/7 qo‘ng‘iroq qilib barcha savollarga javob olish mumkin.
“Anorbank” AJ axborot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Parkentda Koreya andozalari asosida "Chashma" etno qishlog‘i tashkil etildi
O‘zbekiston | 09:25
-
Germaniya hozircha Falastin davlatini tan olish niyatida emas
Jahon | 08:59
-
Eronda suv zaxiralari eng past darajaga tushib ketdi
Jahon | 08:27
-
Nemislarning deyarli yarmi hukumat faoliyatidan norozi
Jahon | 08:22
Mavzuga oid

13:36 / 03.07.2025
Anorbank aksioneri Parijda o‘g‘irlab ketildi. Tafsilotlar

12:33 / 08.02.2025
Anorbank Energetika vazirligi va O‘ztransgaz binolarini sotib oldi

17:52 / 28.02.2023
Markaziy bank 9 ta tijorat bankini ogohlantirdi

16:00 / 06.05.2021