Toshkent-Andijon va Toshkent-Samarqand pulli avtomobil yo‘llari 2026 yilgacha quriladi
Toshkent-Andijon va Toshkent-Samarqand pulli avtomobil yo‘llari 2026 yilgacha qurib bitkaziladi. Bu haqda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktori Zokir Bozorov ma’lum qildi.

Zokir Bozorov
Qayd etilishicha, 2022-2026 yillarda transport sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 5 ta yirik loyiha bo‘yicha hujjatlar tayyorlash va o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Bular:
- Jahon banki maslahat ko‘magida amalga oshirilayotgan Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘lini qurish loyihasi;
- Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki maslahat ko‘magida amalga oshirilayotgan Toshkent-Samarqand pulli avtomobil yo‘lini qurish loyihasi;
- Samarqand va Shahrisabz shaharlari orasida 66 kmlik avtomobil yo‘li va Taxtaqoracha dovonida 4,4 kmlik tunnel qurish loyihasi.
- Shuningdek, Toshkent shahar va hududiy xalqaro aeroportlarni modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish loyihalari bo‘yicha Jahon banki guruhi tomonidan o‘rganish ishlari davom etmoqda.
- Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlarni modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish loyihasi bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etyapti.
Ma’lum qilinishicha, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan respublika mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019 yildan joriy yil sentabr oyiga qadar umumiy qiymati 12,4 mlrd dollardan ortiq bo‘lgan jami 423 ta davlat-xususiy sheriklik loyihasi bo‘yicha ishlar olib borildi.
Mavzuga oid

16:44
Samarqandda 19 nafar hokim yordamchisi jinoiy javobgarlikka tortildi

00:17
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

22:28 / 03.06.2025
Andijonda 6 ta mashina ishtirokida YTH sodir etildi

21:23 / 02.06.2025