Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sherzod Asadov: “Turkmanistondan yiliga 4 mlrd kilovatt/soat elektr energiyasi sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolandi”
Har dushanba kuni o‘tkazilib kelinayotgan an’anaviy brifingda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat rahbarining o‘tgan haftada o‘tkazgan tadbirlari va joriy haftadagi ish rejasi haqida ma’lumot berdi.

Foto: Kun.uz
“Joriy hafta Davlat rahbarining ish jadvali juda tig‘iz bo‘lib, qator uchrashuv, muhokama, tashriflar bo‘lib o‘tadi.
Bugun kunning birinchi yarmida Prezidentimiz Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiya navbatdagi yig‘ilishining asosiy yakunlari hamda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlik loyihalarini ilgari surish masalalari ko‘rib chiqildi.
Hafta davomida Davlat rahbari Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishelni qabul qiladilar. Uchrashuv kun tartibidan O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqining siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorligini muhokama qilish hamda mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish o‘rin olgan.
Bundan tashqari, hozirda qator xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar tashkil etish masalasi ishlab chiqilmoqda.
27 oktabr kuni Davlatimiz rahbari “Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo” sammitida ishtirok etish uchun Qozog‘iston Respublikasi poytaxti Ostona shahriga tashrif buyuradilar.
Shu bilan birga, mazkur ish haftasidan boshlab hudud rahbarlari joylarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha Prezident huzurida hisobot berishni boshlaydilar. Shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimidagi joriy va kelgusi ustuvor vazifalar yuzasidan muhokamalar rejalashtirilgan” – deya ma’lumot berdi Sherzod Asadov.
Jurnalist Og‘abek Samisovning “Turkmanistonga tashrifga oid ma’lumotda energetika sohasida ham memorandum imzolangani bildirildi. Unda nimalar aks etgan?” degan savoliga prezident matbuot kotibi shunday javob berdi:
– Bu memorandum energetika sohasida mutaxassislar tayyorlash, umumiy inshootlardan samarali foydalanish kabi hamkorliklarni nazarda tutadi. Hujjatning muhim qismi elektr energiyasi yetkazib berishga oid kelishuvdir. Unga ko‘ra Turkmanistondan yiliga 4 mlrd kilovatt/soat elektr energiyasi sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

19:58 / 17.07.2025
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish oqibatida yetkazilgan zarar 600 mlrd so‘mdan oshdi

18:40 / 14.07.2025
Prezident administratsiyasining 8 ta departamentiga yangi rahbar tayinlandi

19:07 / 11.07.2025
Chiqindidan qarzi borlar 1 avgustdan boshlab svet uchun pul to‘lolmaydi

12:15 / 10.07.2025