2022 yilda hokimlarning 1 339 ta qarori sudlar tomonidan haqiqiy emas deb topilgan – Oliy sud
Ma’lum bo‘lishicha, 9 oy ichida ma’muriy sudlar mansabdorning qarorlari ustidan shikoyat qilingan 7 004 ta ishni ko‘rib chiqqan.

Foto: Kun.uz
Oliy sud axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 2022 yilning 9 oyi davomida ma’muriy sudlar tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan 11 525 ta ish ko‘rib chiqilgan va 5 589 nafar jismoniy va yuridik shaxsning huquqlari tiklangan.
Jumladan, 9 oy ichida ma’muriy va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi 7 004 ta ish ko‘rib chiqilgan. Chunonchi, hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq ko‘rib tamomlangan ishlar soni 3 665 tani tashkil qilib, shundan jismoniy va yuridik shaxslarning 1 339 ta arizasi qanoatlantirilgan.
Viloyat va unga tenglashtirilgan ma’muriy sudlar tomonidan apellyatsiya tartibida 2 835 ta ish ko‘rib chiqilib, quyi sudlar tomonidan chiqarilgan 429 ta qaror bekor qilingan, 52 ta qaror esa o‘zgartirilgan.
Oliy sud ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan kassatsiya tartibida 2 213 ta shikoyat va protest o‘rganilib, shundan 1 096 tasi ish materiallari asosida ko‘rib chiqilgan. Natijada quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlarning 166 tasi bekor qilingan, 4 tasi o‘zgartirilgan.
Shuningdek, kassatsiya instansiyasida 36 ta ish takroran ko‘rib chiqilib, 28 ta sud qarori bekor qilingan.
Avvalroq Xorazm viloyati ma’muriy sudi haqiqiy emas deb topilgan hokim qarorlari soni qariyb 2 barobar oshganini ma’lum qilgandi.
Oliy sudga ko‘ra, 2021 yilning dastlabki 6 oyi davomida hokimlarning eng ko‘p haqiqiy emas deb topilgan qarorlari Toshkent (186), Xorazm (167) hamda Andijon viloyatlari (112) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid

20:44 / 27.02.2025
Prezident sud binolarini ko‘paytirish, odamlar uchun sharoit yaratishni buyurdi

21:14 / 24.02.2025
Qobil Do‘sov yana bir jinoyat ishida aybdor deb topildi

18:31 / 04.02.2025
2024 yilda hokimlarning mingga yaqin qarori haqiqiy emas deb topildi

18:20 / 25.01.2025