Tog‘ etagida joylashgan qishloqdagi tug‘uruqxonada har kuni bir chaqaloq dunyoga kelmoqda
Sazog‘on qishlog‘i Nurobod tumanining olis qishloqlaridan hisoblanadi. Tog‘ etagidagi ushbu so‘lim go‘shada tuman tibbiyot birlashmasining hududiy bo‘limi faoliyat ko‘rsatmoqda. Unda hatto tug‘uruqxona ham bor.
Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan olis qishloqlardagi tibbiyot maskanlarining holati bilan jurnalistlar tanishtirildi. Ochig‘i, Sazog‘ondagi shifoxona bizda katta taassurot qoldirdi.
Bo‘limda ayni kunlarda dunyoga kelgan 6 ta chaqaloq saqlanayotgan ekan. Bir yilda Sazog‘ondagi tug‘uruq bo‘limda 360-370 nafar chaqaloq dunyoga kelar ekan.
1932 yildan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiyot maskaniga yaqinda homiylik yordami bilan sendvich panellardan yangi zamonaviy korpus ikki oy ichida qurib foydalanishga topshirilibdi. Bu yerda 50 qatnovga mo‘ljallangan poliklinika, dantist xonasi, 5 tadan bolalar, tepapiya va tug‘uruq o‘rinlariga ega statsionar 11 ming aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.
Bino yangi, issiq va sovuq suv, barcha uskunalar bor, tartib-tamoyilga ko‘ra tekin dori-darmonlar o‘z vaqtida yetkazilib turilibdi. Boz ustiga bunday olis maskanda xizmat olib borayotgan tibbiyot xodimlarining oylik maoshiga ustamalar ham qo‘shib berilar ekan.
So‘lim maskanda hordiq chiqib turgan sazog‘onlik otaxonlar bilan suhbatlashdik. Ular barcha sharoitlar yetarli ekani, barcha kadrlar o‘zlarining qishlog‘idan chiqqani, har yili tibbiyot oliygohining o‘ziga qishloqdan 15-20 chog‘li yoshlar o‘qishga kirishini to‘lqinlanib gapirib berishdi. Tibbiyotchi kadrlar, hamshiralar bilan qishloq nafaqat mahalliy hududiy bo‘limni, shuningdek qo‘shni mahallalarni ham ta’minlashar ekan.
Yaqindagina maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” respublika tanlovida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan 11-maktab ham shu qishloqda joylashganini otaxonlar faxr bilan gapirib berishdi.
Umuman, hamkasblar bilan shu kuni Past Darg‘om, Nurobod va Samarqand tumanlarining bir qator olis qishloqlarida bo‘ldik.
Past Darg‘om tumanining Katta Chandir mahallasida TTBga qarashli «Farovon» oilaviy shifokorlik punkti 3,5 ming aholiga xizmat ko‘rsatmoqda ekan. Bemorlar bilan suhbatlashganimizda ular yaratilgan sharoitlardan minnatdorligini bildirishdi.
Past Darg‘om va Samarqand tumanlarida pandemiya chog‘ida yasalgan konteynerlardan moslashtirib barpo etilgan va allaqachon xizmat ko‘rsatayotgan mahalla tibbiyot punktlarini ham ko‘rdik. Past Darg‘om tumanida 20 ta, Nurobod tumanida 20 ta, Samarqand tumanida esa 10 ta ana shunday mahalla tibbiyot punktlari ishlamoqda.
Biz Past Darg‘om tumanidagi mahallalardan birida shunday tibbiyot punktining ochilishida ishtirok etdik.
Bu tibbiyot punktlarida stansionar o‘rin, umumiy amaliyat shifokori, umumiy amaliyot hamshiralari va patronaj hamshiralardan iborat shtatlar faoliyat olib bormoqda. Bu konteynerlar aholiga birlamchi sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun qo‘yilgan. Masalan, bolalarni emlash, qon bosimini o‘lchash, yengil kechadigan kasalliklarni davolash uchun ukollar va osma ukollar qilish, ambulator kartasiga qayd etib borish kabi ishlar shu yerda oson va tez bajariladi. Chunki olis qishloqlardan qishloq vrachlik punktlari, oilaviy shifokorlik punktlariga qatnash masofa va vaqt talab etadi.
Agar chuqurlashtirilgan tarzda zarur yordam kerak bo‘lsa bemor tuman tibbiyot birlashmasiga tez tibbiy yordam mashinasi bilan yetkazilar ekan.
Eng muhimi, mahalla tibbiyot punktlari mahallalarning gavjum joylari, mahalla fuqarolari yig‘ini binosi yoki maktab oldiga o‘rnatilgani bo‘lgan.
Bir so‘z bilan aytganda eng olis manzillarda ham sifatli va tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi oldiga qo‘yilgan vazifalar bajarilmoqda. Bunday sa’y-harakatlar natijasida, viloyat tumanlarida bolalar va onalar o‘rtasida o‘lim holatlari kamaygan, ayrim yengil va o‘rtacha og‘irlikdagi kasalliklar statsionar tarzda davolanib, tezda bartaraf etilmoqda.
Samarqand viloyati tumanlari yil oxirigacha yangi oilaviy shifokorlik punktlari, oilaviy poliklinikalar, Samarqand shahrining Qorasuv massivida esa eng zamonaviy yangi ko‘p tarmoqli shifoxona ochilishi kutilmoqda.
Shuhrat Shokirjonov, jurnalist
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin va Tramp Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi – Kreml
Jahon | 23:40 / 04.06.2025
-
«Pautina» operatsiyasi: Rossiya qanday javob beradi?
Jahon | 22:38 / 04.06.2025
-
Nexia ostida qolgan ayol, 361 kg eshak go‘shti va korrupsioner hokim yordamchilari - 4 iyun yangiliklari
O‘zbekiston | 22:31 / 04.06.2025
-
Putin yaqinda aerodromlarga uyushtirilgan hujumlarga javob qaytarishga majburligini aytdi – Tramp
Jahon | 22:24 / 04.06.2025
Mavzuga oid

12:31 / 10.04.2025
Nurobodda mashinasini stadionda odamlar ustiga haydagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

09:50 / 10.04.2025
Samarqandda erkak mashinasini stadionda odamlar ustiga haydadi

16:25 / 26.02.2025
Samarqand viloyatida yana ikki tuman hokimlari o‘zgardi

10:57 / 23.01.2025