Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manba: Ekologiya qo‘mitasi raisining ikki o‘rinbosari ishdan olindi
Davlat Ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari Umarbek Xalilov va Islombek Boqijonov ishdan olingani aytilmoqda.

Kollaj: Nurota tumani hokimligi / Kun.uz
“Bugun prezident maslahatchisi o‘rinbosari raisligida yig‘ilish o‘tkazilgan. Unda qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Umarbek Xalilov va o‘rinbosar Islombek Boqijonov ham qatnashishi kerak edi. Ishdan olish masalasi ayni shu yig‘ilishda qilingan qaror, nazarimda.
Bugun o‘zi Umarbek akaning (Xalilov) tug‘ilgan kuni edi. Jamoa bo‘lib tabriklash uchun u kishini yig‘ilishdan kelishini kutib turgandik. Ammo Umarbek aka yig‘ilishdan qaytdi-yu, jamoaga ishdan olingani haqida ma’lum qildi.
Hozir ham davlat rahbari ishtirokida selektor bo‘lyapti. Menimcha, ikki o‘zgarish haqida selektorda rasman e’lon qilinsa kerak”, – dedi vaziyatdan xabardor manba.
Qo‘mitaning yana bir xodimi fikriga ko‘ra, o‘rinbosarlarning ishdan olinishi so‘nggi vaqtlarda jamoatchilikning ekologik muammolar borasidagi oshib borayotgan noroziliklari natijasi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Umarbek Xalilov 2022 yil 25 yanvar kuni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. U muqaddam Navoiy viloyati Nurota tumani hokimi vazifasida ishlagan.
Islombek Boqijonov esa 2020 yil 17 apreldan buyon qo‘mita raisi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Faqat oylikka yashab, boy bo‘lish mumkinmi? Asosiy qadam – budjet yuritish
Jamiyat | 17:02
-
Afg‘oniston xalqaro miqyosda tan olinishi uchun barcha shartlarni bajarganini e’lon qildi
Jahon | 16:42
-
Kamerunning 92 yoshli prezidenti yana bir muddatga o‘z nomzodini qo‘yishga qaror qildi
Jahon | 16:18
-
AOKA tugatildi, o‘rniga Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilmoqda
O‘zbekiston | 16:00
Mavzuga oid

16:53 / 25.11.2022
Puli to‘lanmagan lift va qimmatbaho unitaz. Ekoqo‘m tadbirkorlarga haqini bermayapti

07:48 / 20.08.2022
«Daraxtkushlik» uchun jarimani oshiruvchi qonun loyihasi nega tasdiqlanmayapti?

19:20 / 05.08.2022
O‘zbekistonda yiliga 7 million tonna maishiy chiqindi chiqadi. Ularning bor-yo‘g‘i 26 foizi qayta ishlanadi

09:52 / 28.07.2022