Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy va Putin Indoneziyadagi G20 sammitida ishtirok etishi kutilmoqda
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Indoneziyada noyabr oyida o‘tkaziladigan G20 sammitida ishtirok etishi kutilmoqda.

Foto: AP
Bu haqda Indoneziyaning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchisi Husin Bagis so‘zlariga tayangan holda The National nashri xabar berdi.
«Ikkalasi ham rozi bo‘lishdi. Ammo Ukraina – Rossiya urushi tufayli vaziyat murakkab», dedi Bagis.
Agar ular noyabr oyida sammit o‘tkaziladigan Bali oroliga borsa, ikki mamlakat o‘rtasida urush boshlanganidan beri birinchi marta umumiy tadbirda birgalikda ishtirok etadilar.
Bagis so‘zlariga ko‘ra, prezidentlarni qabul qilish uchun tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan.
«Biz ularni alohida mehmonxonalarga joylashtiramiz – biri Putin uchun, ikkinchisi Zelenskiy uchun», dedi u keskinlikning oldini olish zarurligiga ishora qilib.
Avvalroq, Putin sammitda Rossiyaning ishtirok etishini tasdiqlagan, ammo o‘zining tashrifi haqida aniq ma’lumot bermagan edi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov G20 sammitida Rossiya ishtirokini tasdiqladi, ammo format hali aniqlanmaganini aytdi.
Zelenskiy matbuot kotibi Sergey Nikiforov Ukraina prezidentining sammitga tashrifini tasdiqlamadi. «Yo‘q, hozircha bu borada yakuniy qaror qabul qilinmadi», — dedi u.
Noyabr oyida Indoneziyaning Bali orolida bo‘lib o‘tadigan ko‘p tomonlama forumda dunyoning 20 ta yirik iqtisodiyoti yetakchilari, shuningdek, BAA va Ukraina kabi taklif etilgan davlatlar ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Unda sog‘liqni saqlash, raqamli transformatsiya va barqaror energiyaga o‘tish bilan bir qatorda tinchlik masalasi ham kun tartibida birinchi o‘rinda turadi.
1999 yilda tashkil etilgan G20 guruhi hissasiga jahon yalpi ichki mahsulotining 85 foizi, xalqaro savdoning 75 foizi to‘g‘ri keladi. Bu mamlakatlarda dunyo aholisining uchdan ikki qismi istiqomat qiladi. Bu esa forumni xalqaro iqtisodiy hamkorlikning asosiy platformasiga aylantiradi.
Guruh global iqtisodiyot va moliyaviy barqarorlik, shuningdek, iqlim o‘zgarishi va barqaror rivojlanish bilan bog‘liq masalalar bilan shug‘ullanadi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yana 6 ta metro bekatida poyezdlar harakati to‘xtatiladi
Jamiyat | 11:18
-
Rossiyaning Kiyevga zarbasi: sakkiz kishi, jumladan bir bola yaralandi
Jahon | 11:08
-
Prezident farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosi nazorati kuchaytiriladi
O‘zbekiston | 11:04
-
Qibrayda fuqaroning 37 bosh qora molini qo‘lga kiritgan shaxslar aniqlandi
Jamiyat | 10:57
Mavzuga oid

20:49 / 27.07.2025
Zelenskiy Putin bilan uchrashuvining asosiy shartini aytdi

19:47 / 27.07.2025
Daniyalik milliarderlar Putinga xizmat qilishda ayblandi

18:58 / 27.07.2025
Putin flot kunida Peterburgga bordi. Bu vaqtda Leningrad oblastiga dronlar hujum qildi

23:31 / 25.07.2025