Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Tizim deyarli bitgan” – Shermatov raqamni saqlab qolgan holda mobil operatorni almashtirish imkoniyati haqida gapirdi

Foto: KUN.UZ
AKT vaziri Sherzod Shermatov Kun.uz muxbirining raqamni saqlab qolgan holda mobil operatorni almashtirish imkoniyati qachon yuzaga kelishi borasidagi savoliga javob berdi. Vazir bu tizimda bir kishining raqamidan boshqa kishi telefon qilishi xavfi borligi uchun xavfsizlik masalasi ustida ishlanayotganini aytdi.
Xalqaro press klub sessiyasida AKT vaziri Sherzod Shermatov MNP tizimi borasidagi savolga javob berdi.
Uning aytishicha, tizim deyarli bitgan, faqat integratsiya masalalari qolgan.
“Bir operatorda ishlatayotgan raqamingizni boshqa operatorga o‘tkazish uchun texnologik yechim deyarli ishlab chiqilgan. Integratsiya va xavfsizlik masalalari qolgan. Ya’ni sizning nomingizdan boshqa odam kimgadir telefon qilishi kabi muhim xavfsizlik jihatlari bor. Boshqa davlat organlari bilan bu ishlarni oxiriga yetkazamiz”, – dedi vazir.
Shermatovning so‘zlariga ko‘ra, bu tizim ayti eksportini rivojlantirish, ayti xizmatlaridan to‘laqonli foydalanish bo‘yicha huquqlari qiynaydigan masala emas.
U shuningdek, “mobil qullik” atamasi unchalik to‘g‘ri emasligini ta’kidladi.
“Dunyoda ham MNP tizimi bor, ammo u rezonans bo‘lib qanaqadir ayti eksporti yoki ayti xabiga ta’sir qilgani yo‘q. Ertaga juda ko‘p odam raqam almashtirishi qiyin. Chunki iste’molchilar operatorlar o‘rtasida juda katta farq bo‘lib ketsa yoki biror kompaniya yopilib ketsa, raqamini saqlab qolish maqsadida bu tizimdan foydalanishi mumkin. Ishlar oxiriga yetgandan keyin xabar beramiz. Aytganimdek, tegishli organlar bilan kelishadigan joylarimiz bor”, – dedi vazir.
Avvalroq, Kun.uz “mobil qullik”ka hamon barham berilmayotgani, bu boradagi va’dalar ortga surilib kelayotgani haqida yozgandi.
Ma’lumot uchun, MNP tizimi shunday tizimki, bu O‘zbekistonning istalgan uyali aloqa kompaniyasi abonenti o‘zining telefon raqamini saqlab qolgan holda kompaniyani o‘zgartirishi mumkin bo‘lishini anglatadi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Oq oltin» balosi: O‘zbekistonda paxta qulligi tarixi, oqibatlar va bugungi kun haqida
O‘zbekiston | 22:01
-
Bo‘stonliq tog‘laridagi yong‘in qariyb 7 soatda o‘chirildi
O‘zbekiston | 21:48
-
Sea Breeze Uzbekistan loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi - ekologiya vaziri
O‘zbekiston | 21:40
-
Yakuniga yetgan imtihonlar, Chorvoq va Sheroboddagi o‘rmon yong‘inlari – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 21:15
Mavzuga oid

17:42 / 08.07.2025
UzIMEI bo‘yicha vazir Shermatovga senator so‘rovi yuborildi

14:40 / 24.10.2024
“Ko‘proq ingliz tilida kontent qiling” – Sherzod Shermatov o‘zbek yutuberlariga ko‘proq daromad olish uchun tavsiya berdi

18:24 / 15.03.2024
Chet tilini biladigan yoshlarning yuqori maoshli ishga joylashishiga yordam beriladi

09:05 / 15.03.2024