Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Ayti sohasini soyadan olib chiqishga qiynalganmiz” – Sherzod Shermatov

Foto: KUN.UZ
“Ayti kompaniyalarning xarajatlari katta edi. Aytishniklar uyida o‘tirib ishlardi, loyihalarimizni ko‘tarib qancha tashkilotlarga borganmiz, o‘tmagan”, – deydi AKT vaziri Sherzod Shermatov. U “Veon” kompaniyasi boshqa davlatlardagi razrabotchiklarni olib kelib, O‘zbekistonni autsorsing markaziga aylantirmoqchiligini ma’lum qildi.
AKT vaziri Sherzod Shermatov Xalqaro press klub sessiyasida 2017 yildan keyin ayti parklarni ishga tushirish borasidagi loyihalari o‘tmagani haqida gapirdi.
“2017 yildan keyingi davrni tahlil qilish kerak. Ayti sohasini soyadan olib chiqishga qiynalganmiz. To‘g‘ri, bolalar uyidan o‘tirib yoki autsorsingda ishlagan. Ayti kompaniyalarning xarajatlari katta edi. Bu eng katta xarajat oylikka bog‘liq edi – soliqlar hisobiga va boshqa xarajatlar. O‘sha paytda har xil tashkilotlarga borganmiz, lekin loyihalarimiz o‘tmagan.
2017 yilda prezident oldida (IT parklarga oid) farmon loyihasini taqdimot qilganmiz. Belarus, Hindiston tajribasini ko‘rdik, shunaqa ish qilmoqchimiz desak, “budjetdan pul, imtiyozli kredit yoki subsidiyalar so‘ramayapsizlar-ku, muammo nimada, buni qilamiz”, deganlar. Shundan keyin farmon qabul qilindi”, – deydi vazir.
U telekommunikatsiya sohasida 100 mln dollarlik eksportga chiqilgani, biroq telekommunikatsiyalar eksporti bundan bu yog‘iga o‘sishi qiyinligini ta’kidladi.
“Chunki telefon muloqoti kamayib, ayti eksporti telekommunikatsiya eksportidan oshadi.
Mobil operatorlar va pochtada ishlayotgan xodimlarga qarasak, frilanser bo‘lib ishlayotgan aytishniklar soni ko‘p”, – deydi Shermatov.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, prezident O‘zbekistonni ayti xabga aylantirish vazifasini qo‘ygan. Joriy yilning o‘zida yirik xalqaro ayti kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb qilishga qaratilgan takliflarni qo‘llab-quvvatlagan.
“Xalqaro doirada O‘zbekiston desa hali ko‘pchilik tanimaydi, u yerda haliyam eshakda yurishibdi degan fikr bor, afsuski. Lekin xalqaro kompaniyalar o‘zi kelib ko‘ryapti, Meta kompaniyasining O‘zbekistonga mas’ul rahbari kelganda ko‘rib hayron qoldi.
Prezident bizga katta planka qo‘yganlar, biz 100 mln dollarlik eksportga chiqdik deyapmiz, lekin mlrd dollar autsorsingga chiqish vazifasini qo‘ygan edilar…
“Veon” O‘zbekistonga boshqa davlatlardagi razrabotchiklarni olib kelib, mamlakatimizni autsorsing markaziga aylantirmoqchi”.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan xorijdan ko‘plab samimiy qutlovlarni oldi
O‘zbekiston | 19:26
-
Magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda til sertifikati talabi bekor qilinmadi
O‘zbekiston | 19:19
-
Rossiya armiyasi Xarkiv markaziga zarba berdi
Jahon | 18:52
-
Odessa ramziga aylangan bozor zarba ostida qoldi – fotosuratlar
Jahon | 18:37
Mavzuga oid

17:42 / 08.07.2025
UzIMEI bo‘yicha vazir Shermatovga senator so‘rovi yuborildi

11:20 / 08.02.2025
IT xizmatlari eksportini 1 mlrd dollardan oshirish rejalashtirilmoqda

16:29 / 22.01.2025
O‘zbekistonda Cyber university davlat universiteti tashkil etiladi

14:40 / 24.10.2024