Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aholini ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlash tartibi tasdiqlandi

Foto: Dunyo
Vazirlar Mahkamasining “Respublika iste’molchilariga ko‘mir mahsulotlarini yetkazib berish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Budjet tashkilotlarini ko‘mir mahsulotlari bilan budjet mablag‘lari hisobidan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagi tartibni nazarda tutadi:
- budjet tashkilotlari ko‘mir mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini shakllantirish;
- budjet tashkilotlariga ko‘mir mahsulotlarini hududlardagi ko‘mir omborlari orqali yetkazib berish;
- budjet tashkilotlari bilan o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish;
- ular omborlarida ko‘mir mahsulotlarini saqlash.
Respublika aholisini ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. U hududlardagi ko‘mir omborlariga ko‘mir mahsulotlarini yetkazib berish, saqlash va sotish, aholi bilan ko‘mir mahsulotlari uchun o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Respublika hududlari bo‘yicha aholi va budjet tashkilotlariga ko‘mir mahsulotlarini yetkazib berish uchun mas’ullar ro‘yxati belgilandi.
2023 yil 1 aprelga qadar ko‘mir mahsulotlarini sotish, budjet tashkilotlari va aholi bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish to‘g‘risida ma’lumotlar joylashtiriladigan interaktiv portali ishga tushiriladi.
- 2022 yil 1 oktyabrdan boshlab o‘rnatiladigan tartibga muvofiq:
- idoralararo tarif komissiyasi tomonidan har yili kamida bir marta (1 iyunga qadar) hamda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlari qayta ko‘rib chiqilganda, ko‘mir ulgurji va chakana narxlari qayta ko‘rib chiqilib tasdiqlanadi;
- ko‘mir briketi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar ko‘mir briketi uchun mahalliy ko‘mir xomashyosini birja savdolari orqali sotib oladi hamda ishlab chiqarilgan ko‘mir briketini bozor narxlarida iste’molchilarga yetkazib beradi.
“O‘zbekko‘mir”, Respublika tovar-xomashyo birjasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari”ga birja savdolarida inson omilini cheklash uchun sotilgan ko‘mirni ortib yuborish bosqichlarini to‘liq avtomatlashtirishni nazarda tutuvchi dasturiy ta’minotni ishlab chiqish topshirildi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Buloqboshi tumanidagi kanalga neft oqib ketdi
O‘zbekiston | 12:29
-
O‘zbekiston va Airbus havo kemalari parkini kengaytirishga kelishib oldi
O‘zbekiston | 12:11
-
Shri-Lanka O‘zbekistonga o‘z portlaridan foydalanishni taklif qildi
Iqtisodiyot | 12:06
Mavzuga oid

14:59 / 04.03.2025
Texnik reglamentlarni ishlab chiqish tartibi tasdiqlandi

20:20 / 05.02.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan ko‘mir import qilishni boshlaydi

12:43 / 05.02.2025
OAV: Yanukovichning o‘g‘li bosib olingan yerlardan olingan ko‘mir savdosi bilan shug‘ullanyapti

07:37 / 24.12.2024