Tramp CNN’dan tuhmat uchun 475 million dollar talab qilmoqda
AQSh sobiq prezidentining ta’kidlashicha, CNN unga «siyosiy mag‘lubiyat» yetkazish uchun «o‘zining ulkan ta’siridan - go‘yoki «ishonchli» axborot manbasi sifatida foydalanishga harakat qilgan».

Foto: Shutterstock
AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp Amerikaning CNN telekanalini tuhmatda ayblab, ma’naviy zarar uchun 475 million dollar tovon puli talab qildi. 3 oktyabr, dushanba kuni Florida janubiy okrug sudiga topshirilgan Trampning 29 sahifalik da’vosida u «sodiq davlat xizmatchisi sifatidagi obro‘-e’tiborini himoya qilmoqchi» ekani va CNN telekanalini «yolg‘on, tuhmat» tufayli o‘z obro‘siga yetkazilgan zarar uchun javobgarlikka tortmoqchiligi aytilgan. Xususan, da’vogar 2020 yilgi prezidentlik saylovlari demokrat Jo Bayden tomonidan «o‘g‘irlangani» haqidagi bayonoti CNN tomonidan «bu - katta yolg‘on», deb tarqatilgan ma’lumotiga mutlaqo qo‘shilmaydi.
Donald Trampning advokatlari ta’kidlashicha, kompaniya «o‘zining ulkan ta’siridan - go‘yoki «ishonchli» yangilik manbasi sifatida - uni siyosiy jihatdan mag‘lub etish uchun da’vogarni tomoshabinlar va o‘quvchilar ongida obro‘sizlantirishga harakat qilgan». Tramp, shuningdek, CNN telekanalini «siyosiy muvozanatni chap tomonga burish uchun birgalikda harakat qilganlikda» aybladi. Bayonotda aytilishicha, mediakompaniya «irqchi», «rusparast», «isyonchi» va «Hitler» kabi ko‘plab shov-shuvli, yolg‘on yorliqlar yordamida unga tuhmat qilishga uringan». Siyosatchining fikricha, unga nisbatan «tuhmat va haqorat kampaniyasi»ning sababi - CNN 2024 yilgi saylovlarda AQSh prezidentligiga Trampning nomzodi ko‘rsatilishidan qo‘rqishi.
Bundan tashqari, Donald Tramp u va uning advokatlari yaqin haftalar va oylarda, ayniqsa, 2020 yilgi AQSh prezidentlik saylovlarini yoritish bilan bog‘liq holda, «ko‘p sonli boshqa soxta axborot vositalariga qarshi» sudga da’vo qilishi mumkinligini aytdi.
Mavzuga oid

22:24 / 12.03.2025
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

00:42 / 12.03.2025
AQSh va Ukraina moliya vazirlari darajasida nodir metallar bo‘yicha bitimni kelishib oldi

20:53 / 11.03.2025
Tramp Kanadadan po‘lat va alyuminiy importiga 50 foizgacha qo‘shimcha bojlar joriy etadi

19:53 / 11.03.2025