Poyabzal ishlab chiqaruvchilar uchun kichik sanoat zonasi tashkil etiladi

Foto: Getty Images
Vazirlar Mahkamasining “Charm-poyabzal va mo‘yna mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Investitsiyalar vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston vazirlar kengashi, viloyatlar hokimliklari hamda “O‘zcharmsanoat” uyushmasining terini qayta ishlashga, tayyor charm-poyabzal, mo‘yna mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan KSZ tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
Belgilanishicha:
KSZni tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash uchun 2022-2023 yillarda O‘zbekiston ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan 90 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi;
loyiha-smeta hujjatlariga asosan tashqi infratuzilmani qurish-ta’mirlash uchun mablag‘lar yetishmagan loyihalar bo‘yicha ularni qurish-ta’mirlash bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar, xususan:
elektr energiya va gaz tarmoqlari bo‘yicha - "Hududiy elektr tarmoqlari" va hududiy filiallari hamda "Hududgazta’minot" mablag‘lari;
ichimlik va oqova suv tarmoqlari hamda avtomobil yo‘llari bo‘yicha - Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar kengashlari qarorlariga asosan tegishlilik bo‘yicha Qoraqalpog‘iston budjeti, viloyatlar mahalliy budjetlar qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplanadi.
Hujjat bilan quyidagilarga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarini tashkil etish ko‘zda tutilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh hududlar ro‘yxati tasdiqlandi: terini qayta ishlashga; tayyor charm-poyabzal, mo‘yna va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bunda, yangidan tashkil qilinadigan kichik sanoat zonalari hududida yer maydonlarini ajratish elektron onlayn-auksion savdolari orqali amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil armiyasi Eronga qarshi harbiy operatsiyaning birinchi bosqichi yakunlanganini e’lon qildi
Jahon | 23:37
-
Qonunchilikka ma’muriy ogohlantirish chorasi kiritiladi
O‘zbekiston | 23:20
-
Netanyahu Ali Xomanaiyning o‘ldirilishini istisno etmadi
Jahon | 22:54
-
Tramp Rossiyaning G8 tashkilotidan chetlatilishini xato deb atadi
Jahon | 22:20
Mavzuga oid

13:40 / 16.04.2025
O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegarada erkin savdo zonalari tashkil etishni rejalashtirmoqda

13:06 / 24.03.2025
Malayziya korporatsiyasi O‘zbekistonda maxsus sanoat zonasini tashkil qiladi

16:39 / 06.03.2025
Maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatish muddatiga oid cheklovlar bekor qilinadi

15:15 / 20.09.2023