Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 yanvardan Toshkent va Samarqandda ayrim fuqarolarga transportda bepul yurish uchun kartalar beriladi
Shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi yagona guvohnomalarni berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar o‘z kuchini yo‘qotadi.

Foto: Kun.uz
Muhokama uchun e’lon qilingan hujjat loyihasiga ko‘ra, buyruq Vazirlar Mahkamasining “Shahar yo‘lovchilar transportida ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatish ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tayyorlangan.
Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, “Umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashishda yo‘lkira haqini to‘lash avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi hukumat qaroriga asosan umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashish uchun yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilganini inobatga olib, shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi eski namunadagi yagona guvohnomalar o‘rniga imtiyozli transport kartalari berilishi ko‘zda tutilgan.
Hukumat qarori bilan shahar yo‘lovchilar transportida (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatish ma’muriy reglamenti tasdiqlangan.
Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, shahar yo‘lovchilar transportida ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish bosqichma-bosqich: Toshkent va Samarqand shaharlarida — 2023 yil 1 yanvardan boshlab; respublika barcha shaharlarida — 2023 yil 1 maydan boshlab amalga oshiriladi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, qonunchilikda bo‘shliqlarni istisno qilish maqsadida mazkur buyruq kuchga kirish muddati 2023 yil 1 mayda belgilangan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namanganda ikki o‘smir kanalda cho‘kib ketdi
O‘zbekiston | 15:15
-
YeK: Kiyev korrupsiyaga qarshi organlar mustaqilligini saqlashi kerak
Jahon | 15:12
-
Sheremetevoda yana kollaps yuzaga keldi. 50 ga yaqin reys bekor qilingan
Jahon | 14:52
-
Xitoy O‘zbekistondagi universitetga salkam 2 mln dollarlik ta’lim granti ajratdi
Ta’lim | 14:48
Mavzuga oid

13:55 / 24.07.2025
2026 yildan transport majburiy sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta summasi chegarasi ikki baravar oshadi

12:48 / 15.06.2025
Transport vaziri gapi hukumat qarorini to‘xtatib qo‘ya oladimi? -taksichilar istalgan hududda ishlash erkinligi cheklanganicha qolmoqda

11:03 / 11.06.2025
Transport qiymatini baholash tartibi belgilandi

11:51 / 29.05.2025