Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi kasblar ro‘yxati tasdiqlanadi

Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining “Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, ishlar, kasblar va ko‘rsatkichlar ro‘yxatini tasdiqlash hamda mazkur ro‘yxatlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Loyiha 3 ta ilovadan tashkil topgan bo‘lib, shundan birinchi uchta ilova imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar ro‘yxatlaridan iborat.
Ro‘yxat ish jarayonida foydalanish va bir xilda qo‘llash uchun, muqaddam mazkur imtiyozlar bo‘yicha ma’lum ish stajlariga ega bo‘lgan fuqarolarni imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini poymol qilmaslik maqsadida rus va o‘zbek tilida tayyorlangan.
Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar 1-, 2-, 3-sonli ro‘yxatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish uchun hujjatlarni tayyorlash va taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi hamda imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar ro‘yxatlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash ko‘zda tutilgan.
Bildirilishicha, qaror loyihasi qabul qilinishi natijasida:
- birinchidan, imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar ro‘yxatlari davlat tilida qabul qilinishiga;
- ikkinchidan, qaror loyihasi qabul qilinishi amaldagi normativ hujjatlardan yuqori kuchga ega bo‘lgan hujjat amaliyotga tatbiq qilinadi va bu bilan Adliya vazirligi tomonidan 2066, 2276, 2337, 2409 raqamlari bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan hujjatlar bekor qilinishiga;
- uchinchidan, imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi lavozimlar ro‘yxati dasturida ma’lumotnoma kiritish hamda ushbu lavozimlarda ishlagan fuqarolar dasturda qayd etilishiga, fuqarolar imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqishi huquqi amalga oshirilishida ortiqcha ovoragarchiliklar oldi olinishiga erishiladi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

16:58 / 19.02.2025
Pensiyani avtomatik tayinlashga o‘tilmoqda. Asosiy savollarga javoblar

00:23 / 17.02.2025
Mart va avgustdan oyliklar va pensiyalar oshishi haqidagi mish-mish rad etildi

23:17 / 13.02.2025
O‘zbekistonda pensiyani arizasiz - avtomatik tarzda tayinlash tizimiga o‘tiladi

10:30 / 11.12.2024