Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston va Qirg‘iziston chegarada nimani kelisholmayapti?
Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov va iqtisodchi Abdulla Abduqodirov Kun.uz’ga bergan intervyusida Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida davom etayotgan chegara nizolari va kelishmovchiliklarning sabablari haqida o‘z tahlillarini bildirdi.
Kamoliddin Rabbimov: –
Bu ikki davlat o‘rtasidagi umumiy chegara uzunligi taxminan 900 kilometrdan ortiqni tashkil qiladi. Bundan shu paytga qadar ikki tomondan aniq belgilanmagan hudud ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, 400 kilometrdan ortiqni tashkil qiladi. Bunga jumladan, tojik va qirg‘izlar yashaydigan hududlar ham kirib ketadi.
Umumiy chegaralarning belgilab olinmagani so‘nggi vaqtlarda ko‘plab kelishmovchiliklarga sabab bo‘lyapti. Men Qirg‘iziston OAV bergan qator ma’lumotlar bilan ham tanishdim. Unga ko‘ra, bu ikki davlat o‘rtasidagi umumiy to‘qnashuvlar soni so‘nggi yillarda yuzdan oshgan. Yirik to‘qnashuvlar o‘tgan yili ham bo‘lgan edi va mana hozir ham takrorlanmoqda.
Ya’ni bu ikki siyosiy elita va jamiyat o‘rtasida qandaydir jizzakilik va o‘zaro ishonchsizlik shakllanib qoldi. Shunga o‘xshash ziddiyatlar Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida ham bir necha bor kuzatilgan edi. Masalan, So‘g‘d anklav hududi yoki boshqa hududlarda.
Shu ma’noda menimcha, kelishmovchiliklar tashabbusi oddiy odamlardan chiqyapti. Tashqi dunyo, masalan, Rossiya buni uyushtiryapti degan fikrdan yiroqman.
Shu kelishmovchiliklar sabab o‘tgan yildan beri Qirg‘iziston tomoni o‘z chegaralarini yopib qo‘ygan. Bu esa Tojikiston yuklari va transportlari uchun muammo tug‘diryapti. Chegaralarni ochishni Tojikiston o‘tgan yildan beri iltimos qiladi, lekin qo‘shnisidan arazlagan qirg‘iz tomoni bu chegaralarni ochishni istamaydi.
Abdulla Abduqodirov: –
Bu kelishmovchiliklarning asl sabablariga qarasak, ikki davlat o‘rtasidagi hozirgi chegaralar sovet davrida administrativ chegaralar bo‘lgan. Hozir ular davlat chegarasiga aylangan.
Xo‘sh, administrativ chegara degani nima? Bu aniq bir aholi maskani, qishloq va ovulning qayerdan turib boshqarilishini bildiradi. Lekin o‘sha qishloqlarni suv va elektr bilan ta’minlab beruvchi inshootlar, nasos stansiyalari boshqa markazdan keladi. Shu orqali ham ko‘plab kelishmovchiliklar kelib chiqyapti.
Buni o‘sha hududlarning mahalliy rahbarlari o‘tirib xotirjam gaplashib, kelishib olishi kerak. Buning uchun ularga siyosiy iroda va tushuncha kerak.
Bilasiz, shundog‘am tog‘li hududlarga sharoit oson bo‘lmaydi. Bu mamlakatlar rahbariyati zo‘rg‘a kun ko‘rib turgan odamlarga sharoit yaratib berish o‘rniga boshqa davlatning yer maydoniga yechishga harakat qilgan tomonlari ham ko‘p.
Kamoliddin Rabbimov: –
Tojikiston markazlashgan va anchagina avtoritar davlat. Bu yerda oilaviy boshqaruv bor, buni hamma biladi. Qirg‘iziston esa demokratik davlat. Ammo siyosiy tizimi demokratik bo‘lgani bilan rasmiy Bishkek mamlakatning butun bir aholisini boshqarolmaydi. Markaziy hokimiyat juda zaif.
Buning natijasida ijtimoiy norozilik orqali ko‘chaga chiqqan xalq har safar hokimiyatni yiqitib tashlaydi. Siyosiy elitada shunday fikr borki, unga ko‘ra, xalq ko‘chaga chiqqanda unga qarshi gap aytib bo‘lmaydi. Natijada Qirg‘iziston davlatchiligi erishayotgan kelishuvlar har safar bajarilmay qoladi. Huddi shunday muammo Tojikiston bilan ham, O‘zbekiston bilan ham bor.
Intervyuni to‘liq holda yuqoridagi video orqali ko‘ring.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Kechki va masofaviy ta’lim shakliga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan idoralar tasdiqlandi
Ta’lim | 21:40
-
Rossiyaning yagona aviatashuvchisi «Admiral Kuznetsov» konservatsiya qilinadi
Jahon | 21:19
-
Ozarboyjon Rossiyadan AZAL samolyoti halokati uchun javobgarlikni tan olishni talab qildi
Jahon | 21:14
Mavzuga oid

09:05 / 25.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari turizm maqsadida eng ko‘p Qirg‘izistonga borgan

08:30 / 22.07.2025
Qirg‘iziston O‘zbekistonda kigiz mahsulotlari ishlab chiqarmoqchi

21:03 / 18.07.2025
Qirg‘izistonda Tojikiston va O‘zbekiston bilan tutash chegaralar to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi

19:04 / 18.07.2025