ShHT Samarqand sammiti Kengaytirilgan yig‘ilishi boshlandi
ShHT Samarqand sammitining tor doiradagi yig‘ilishi yakunlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev kengaytirilgan tarkibdagi majlisda ishtirok etish uchun ShHT kuzatuvchi-mamlakatlar va mehmon davlatlar rahbarlarini Kongress markazda kutib oldi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati
14 ta davlat rahbari ishtirok etayotgan majlisni Shavkat Mirziyoyev ochiq deb e’lon qildi.
“ShHTga raisligimiz doirasida uning xalqaro maydondagi obro‘sini ko‘tarish, siyosiy va iqtisodiy hamkorlikni oshirishga harakat qildik. Pandemiyaga qaramay butun kuch bilan harakat qilindi, hamkorlikning barcha yo‘nalishlari va sohalari qamrab olindi va 80 dan ortiq tadbirlar o‘tkazdik.
ShHT katta oilasiga yangi a’zolar — muloqot bo‘yicha kuzatuvchi va hamkorlar qabul qilinmoqda. Bu Yevrosiyoda ko‘p qirrali hamkorlikni tubdan kengaytirish uchun imkoniyatdir”, - deya davlat rahbarlarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Shuningdek, davlat rahbari Eron Islom Respublikasini ShHTga a’zo davlat maqomini olish majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandumni imzolagani bilan tabrikladi.
Kengaytirilgan yig‘ilish davom etmoqda.
Mavzuga oid

22:47 / 08.03.2025
ShHT sammiti Xitoyning Tyanszin shahrida kuzda bo‘lib o‘tadi

19:50 / 05.03.2025
Prezident ShHT bosh kotibi bilan Xitoydagi sammitga tayyorgarlik ko‘rish masalasini muhokama qildi

10:57 / 05.01.2025
O‘zbekiston vakili ShHT bosh kotibi o‘rinbosari etib tayinlandi

21:21 / 17.10.2024