O‘zbekiston Termiz – Mozori Sharif – Kobul – Peshovar temiryo‘li qurilishini qo‘llab–quvvatlashga chaqirdi
Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlat rahbarlari kengashi tor doiradagi uchrashuvidan so‘ng kengaytirilgan tartibdagi majlis boshlandi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda.

Bugun qabul qilinayotgan ShHT o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash va samarali transport yo‘laklarini yaratish konsepsiyasini amaliyotga tatbiq etish maqsadida prezident Birlashgan millatlar tashkiloti qo‘llab-quvvatlashi ostida Toshkent shahrida mintaqalararo o‘zaro bog‘liqlik markazini tashkil etishni taklif qildi.
Sammit doirasida Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi to‘g‘risida uch tomonlama bitim imzolanishini tarixiy voqea deya baholab, Shavkat Mirziyoyev strategik jihatdan yana bir muhim loyiha – Termiz – Mozori Sharif – Kobul – Peshovar temiryo‘li koridori qurilishini ham qo‘llab–quvvatlashga chaqirdi.
Transport va kommunikatsiyalar sohasidagi barcha istiqbolli loyihalarni kelgusi yili O‘zbekistonda ShHT birinchi transport forumi doirasida muhokama qilish mumkinligi ta’kidlandi.
Mavzuga oid

22:47 / 08.03.2025
ShHT sammiti Xitoyning Tyanszin shahrida kuzda bo‘lib o‘tadi

19:50 / 05.03.2025
Prezident ShHT bosh kotibi bilan Xitoydagi sammitga tayyorgarlik ko‘rish masalasini muhokama qildi

10:57 / 05.01.2025
O‘zbekiston vakili ShHT bosh kotibi o‘rinbosari etib tayinlandi

17:38 / 25.12.2024