Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Yavon GESni qurish masalasini ko‘rib chiqdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 sentabr kuni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan muzokara o‘tkazdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Suhbat avvalida Tojikiston yetakchisi O‘zbekistonning Shanhay hamkorlik tashkilotidagi raisligini yuqori baholadi va prezident rahbarligida Samarqandda ro‘y bergan yangilanishlarni alohida qayd etdi.
Samarqand sammiti yakunlari ShHT doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashi va tashkilot xalqaro nufuzini yuksaltirishi ta’kidlandi.
Prezidentlar birodar mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil kengayib, mustahkamlanayotganini qayd etdi. Joriy yil boshidan o‘zaro savdo hajmi 16 foizga oshdi. Iqtisodiyot turli tarmoqlarida, jumladan elektrotexnika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport va boshqa sohalarda qo‘shma kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Davlat rahbarlari mamlakatlar va butun mintaqa manfaatlariga javob beruvchi loyiha - Yavon GESni barpo etish bo‘yicha ishlar boshlangani muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.
O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.
Mavzuga oid

17:38 / 03.03.2025
Tojikistondagi parlament saylovlarida prezident Imomali Rahmon partiyasi g‘alaba qozondi

17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi

15:59 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi

00:30 / 25.12.2024