Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston TIV Ozarboyjon-Armaniston chegarasidagi vaziyatga munosabat bildirdi
O‘zbekiston Shanhay hamkorlik tashkilotiga raislik qiluvchi mamlakat sifatida Ozarboyjon-Armaniston chegarasida tinchlikka erishilgani va keskinlik bartaraf etilganini olqishladi.

Foto: Artem Mikryukov / Reuters / Scanpix / LETA
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, barcha masalalar va mavjud muammolarni hal qilish yagona to‘g‘ri yo‘li bu - xalqaro huquq asosida va ilgari erishilgan kelishuvlar doirasida tinchlik muzokaralari va maslahatlashuvlar yo‘lidir.
“Biz tinchlik shartlariga qat’iy rioya qilinishi, har qanday sharoitda ham vazminlik namoyon bo‘lishiga umid qilamiz hamda tomonlarni mavjud ahvolni barqarorlashtirish, vaziyatdan chiqish uchun siyosiy va diplomatik muzokaralar olib borishga da’vat etamiz”, deyiladi bayonotda.
13 sentabr, seshanbaga o‘tar kechasi Armaniston Mudofaa vazirligi Ozarboyjon Qurolli kuchlari bir qator chegaradagi arman aholi punktlari yo‘nalishini jadal o‘qqa tuta boshlagani haqida xabar berdi. O‘z navbatida, Ozarboyjon hukumati Yerevanni chegaraning Dashkesan, Kalbajar va Lochin yo‘nalishlaridagi «keng ko‘lamli diversiya»da aybladi.
Armaniston Xavfsizlik kengashi «Do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi shartnoma qoidalarini amalga oshirish uchun» Rossiyaga, shuningdek, Ozarboyjon bilan chegaradagi vaziyat tufayli Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) va BMT Xavfsizlik kengashiga murojaat qilishga qaror qildi.
Yerevan va Boku o‘rtasidagi mojaro 2020 yilning kuzida avj oldi. 27 sentabrdan 9 noyabrgacha Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida asosan armanlar istiqomat qiladigan Tog‘li Qorabog‘ uchun urush bo‘lgan. Natijada Ozarboyjon mintaqaning salmoqli qismini o‘z nazoratiga qaytardi. Rossiya vositachiligida Yerevan va Boku sulh bo‘yicha kelishuv imzoladi va Rossiya tinchlikparvar kuchlari chegara chizig‘iga olib kelindi. Biroq mintaqada keskinlik davom etmoqda.
Tog‘li Qorabog‘ SSSR parchalanganidan keyin bir tomonlama ravishda Ozarboyjondan mustaqilligini e’lon qildi. Hech bir davlat Tog‘li Qorabog‘ respublikasining mustaqilligini tan olmadi. Mojaroni tinch yo‘l bilan hal etishga qaratilgan muzokaralar jarayoni YeXHTning Minsk guruhi shafeligida, Rossiya, Fransiya va AQSh hamraisligida olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiyada zilzila, Tel-Avivda miting va kelishuvdan norozi Eron - kun dayjesti
Jahon | 13:26
-
Moskvada «ArBat» batalyoni asoschisi xudkush tomonidan o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 13:10
-
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi
Ta’lim | 12:15
-
Pora bilan ushlangan MIB xodimi 6 yilga qamaldi
Jamiyat | 12:13
Mavzuga oid

00:32
Aliyev Rossiyani Ozarboyjonning Ukrainadagi energetika obektlariga zarba berishda aybladi

18:04 / 10.08.2025
Ozarboyjon va Armaniston endi urushmaslikka ahdlashdi

19:43 / 09.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon prezidentini tarixiy kelishuv bilan tabrikladi

17:39 / 09.08.2025