Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
GSDP rahbari Shryoderning partiyadagi a’zoligini saqlab qolishga chaqirdi
GSDP hamraisi Lars Klingbayl sobiq kanslerni partiyadan chiqarib yuborish uchun asos topmagan partiya komissiyasining qaroriga qo‘shildi.

Gerhard Shryoder / Foto: wiki
Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) hamraisi Lars Klingbayl Germaniya sobiq kansleri Gerhard Shryoderning partiyadagi a’zoligini saqlab qolish tarafdoridir. Bu haqda Klingbayl 11 sentabr, yakshanba kuni ARD telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Siyosatchi ta’kidlaganidek, avgust oyida GSDPning maxsus komissiyasi Shryoder partiya nizomini buzmagani va Rossiya prezidenti Vladimir Putinni qo‘llab-quvvatlagan nutqlari va Rossiya davlat kompaniyalarida ishlagani uchun partiyadan chiqarib yuborilmasligi kerak degan xulosaga kelgan.
Shundan so‘ng komissiya vakillari «tajovuzkor urushga da’vatlar yoki bir davlatning boshqa davlatga hujumini oqlash GSDPga a’zolikka mos kelmaydi», deb ta’kidladi, biroq Shryoder bunday chaqiriqlar bilan chiqmagan. Garchi pozitsiyani aniqroq belgilash «maqsadli va o‘rinli» bo‘lsa-da, sobiq kanslerning bayonotlari uning GSDP siyosatidan uzoqligini ko‘rsatmaydi, deb hisobladi komissiya.
«Sud jarayoni uning siyosiy jihatdan noto‘g‘ri bayonotlar berganini aniq ko‘rsatdi. Lekin uni chetlashtirish uchun asoslar bor, degan ma’noda yuridik jihatdan noto‘g‘ri bayonotlar yo‘q», - deya xulosa qildi Klingbayl.
«Gerhard Shryoder bu davlatni shakllantirgan va ko‘plab to‘g‘ri qarorlar qabul qilgan kansler edi. Lekin Rossiya masalasida u nohaq va siyosiy izolyatsiyada bo‘lib qoldi. Biroq komissiya xulosasi aniq va men bu natijaga qo‘shilaman», GSDP hamraisi.
Ukraina Qurolli kuchlarining Xarkiv oblastidagi qarshi hujumi muvaffaqiyati fonida siyosatchi G‘arb davlatlarini Ukrainaga keyingi qurol yetkazib berish masalalarida tezroq harakat qilishga chaqirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qo‘shinlarining muvaffaqiyatli oldinga siljishi G‘arb tomonidan Kiyevga yetkazilayotgan katta hajmdagi harbiy yordam bilan ham bog‘liq. «Bu davom etishi kerak. Bu davom etadi», dedi Klingbayl va Germaniyaning yangi ta’minot qarorlari boshqa davlatlar bilan birgalikda qabul qilinishi kerakligini ta’kidladi.
GSDP hamraisi Kiyevga G‘arbda ishlab chiqarilgan jangovar tanklar yetkazib berilishi mumkinligini alohida eslatib o‘tdi. Ular, siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, hozirda hech bir davlat tomonidan Ukrainaga berilmayapti. Kiyevning talablarini, shuningdek, Ukraina Qurolli kuchlarining muvaffaqiyatlarini inobatga olgan holda, endi «bu mamlakatni qo‘llab-quvvatlash uchun keyingi qadamlar qanday bo‘lishi mumkinligi»ni hal qilish kerak, dedi sotsial-demokrat.
Bundan tashqari, GSDP hamraisi hukumatning gaz bozoridagi vaziyatga aralashuvini to‘lovga layoqatsizlik xavfidan qochish uchun asosli deb atadi. Siyosatchining fikricha, elektr va gaz narxi bugungidek yuqoriligicha qolsa, bunday xavf davom etadi.
«Men gaz bozoriga aralashuvimiz tarafdoriman», dedi Klingbayl. «Inqiroz uchun hisob-kitob» har qanday holatda ham to‘lanadi - bozorlarga aralashuv orqali yoki keyinroq, bankrotlik yoki ishsizlik xarajatlari orqali, deb o‘z pozitsiyasini tushuntirdi sotsial-demokrat.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Defitsit qisqargan, gaz va oltin sotish ko‘paydi – O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
Iqtisodiyot | 20:22
-
HAMAS G‘azo bo‘yicha kelishuvning joriy matnini rad etdi va tuzatishlarni taklif qildi
Jahon | 20:17
-
Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentiga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston | 20:11
-
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03
Mavzuga oid

14:46
Germaniyadan bir hafta ichida ikkinchi deportatsiya reysi uchib ketdi

14:06
Germaniya va Fransiya FCAS jangovar samolyoti bo‘yicha kelishmovchilikni hal qilmoqchi

13:13
Nemis talabalari O‘zbekiston OTMda amaliyot o‘tashni boshlaydi

15:33 / 23.07.2025