Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lufthansa uchuvchilari navbatdagi ish tashlashga tayyorlanmoqda
7 sentabrga belgilangan ikki kunlik ish tashlashning oldini olish uchun Lufthansa «jiddiy taklif» bilan chiqishi kerak, deya ma’lum qildi Vereinigung Cockpit kasaba uyushmasi.

Foto: Getty Images
Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi uchuvchilari mehnat sharoitlarini yaxshilash va ish haqini oshirish bo‘yicha muzokaralarda muvaffaqiyat qozonmagani uchun navbatdagi ish tashlash o‘tkazmoqchi. «Aksincha da’volarga qaramay, Lufthansa hali biz bilan bog‘lanmadi va yangi taklif ham taqdim etmadi», deb xabar berdi Frankfurt-Mayndagi Vereinigung Cockpit (VC) uchuvchilar kasaba uyushmasi 6 sentabr, seshanbaga o‘tar kechasi.
Seshanba kuni muzokaralarning yana bir raundi bo‘lib o‘tadi, deya ma’lum qildi VC vakili. Lufthansa «jiddiy taklif» bilan chorshanba kuni boshlanishi kerak bo‘lgan ikki kunlik ish tashlashning oldini olishi mumkin, dedi u.
O‘tgan juma, 2 sentabr kuni Lufthansa uchuvchilari bir kunlik ish tashlash uyushtirgandi, u Germaniyadan 800 dan ortiq reyslarning bekor qilinishiga olib keldi, holat 130 mingga yaqin yo‘lovchiga ta’sir qildi. Lufthansa xabariga ko‘ra, aksiya natijasida kompaniya 32 million yevro zarar ko‘rgan.
Kasaba uyushmalari bu yil 5000 kapitan va birinchi uchuvchilarning ish haqini 5,5 foizga oshirishni va uning inflatsiya bilan avtomatik bog‘lanishini talab qilmoqda. Lufthansa bu talablarni haddan tashqari ko‘p deb atadi va agar ular bajarilsa, kompaniyaning ish haqi va xodimlar uchun xarajatlari kelgusi ikki yil ichida 40 foizdan ko‘proq yoki 900 million yevroga oshishiga ishora qildi. Bu, ta’kidlanishicha, mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
Jahon | 21:02
-
Defitsit qisqargan, gaz va oltin sotish ko‘paydi – O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
Iqtisodiyot | 20:22
-
HAMAS G‘azo bo‘yicha kelishuvning joriy matnini rad etdi va tuzatishlarni taklif qildi
Jahon | 20:17
-
Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentiga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston | 20:11
Mavzuga oid

09:51 / 26.02.2025
Mashhur uchuvchi hayotida sodir bo‘lgan ayanchli hodisa - jinoyatchilar uning o‘g‘lini nega o‘ldirgandi?

20:39 / 03.02.2025
“Boshqaruvdan chiqqan samolyotni nazoratga olish o‘ta qiyin ish” – uchuvchi bilan suhbat

12:02 / 02.11.2024
Myunxendan Shanxayga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi

08:40 / 16.10.2024