Guljahon Yo‘ldosheva ishi. Oliy sud hukmni qisman bekor qilib, ishni qayta ko‘rishga yubordi
Toshkent viloyati sobiq bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldoshevaning apellyatsiya arizasini ko‘rib chiqishda sud JPKning 6 ta moddasi talablarini buzgan. Oliy sud shunday xulosaga keldi va ishni qayta ko‘rib chiqishga yubordi.

Arxiv foto: Kun.uz
2022 yil 15 avgust kuni O‘zbekiston Oliy sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasi Toshkent viloyati sobiq bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldosheva va boshqalarga oid jinoyat ishini ochiq sud majlisida ko‘rib chiqdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
2021 yilning 5 aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudida Guljahon Yo‘ldosheva va boshqalar ustidan hukm o‘qilgan edi. Bu hukm bilan Yo‘ldosheva Jinoyat kodeksining 3 ta moddasi bo‘yicha aybdor deb topilgan hamda unga nisbatan 4 yil muddatga ozodlikni cheklash va 3 yil muddatga mansabdor sifatida ishlash huquqidan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Toshkent viloyati sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining apellyatsiya instansiyasi 2021 yil 23 noyabrda chiqargan ajrim bilan, hukm qisman o‘zgartirilib, ozodlikni cheklash jazosi muddati 2 yil 8 oy 10 kunga tushirilgan.
Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasining ajrimiga ko‘ra, apellyatsiya instansiyasi sudi ishni ko‘rishda:
- Jinoyat protsessual kodeksining 22-, 23-, 95-, 112-, 464-, 467-moddalarida belgilangan talablarni buzgan, ya’ni –
- haqiqatni aniqlash, aybsizlik prezumpsiyasi prinsiplariga hamda ayblov hukmi chiqarish asoslariga rioya qilmagan;
- jinoyat sodir etilishining ish bo‘yicha barcha mumkin bo‘lgan holatlarini tekshirmagan;
- sudlanuvchi, jabrlanuvchilar va guvohlarning ko‘rsatuvlarini, shuningdek, har bir dalilni ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtai nazaridan baholamagan.
Shu va boshqa qator asoslar tufayli Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasining ajrimi bilan apellyatsiya instansiyasi sudi ajrimining Guljahon Yo‘ldosheva, Jahongir Ziyodullayev, Alisher Dadamatov va Janar Akimovga oid qismi bekor qilindi.
Jinoyat ishining bu qismi yangidan apellyatsiya instansiyasi sudida ko‘rish uchun yuborildi.
Eslatib o‘tamiz, Chirchiq shahrida joylashgan Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining bosh vrachi lavozimida ishlagan, viloyatning sobiq bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldosheva koronavirusga chalingan bemor o‘limi va 250 mln so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda ayblanib, 2020 yilning 8 sentabr kuni hibsga olingandi.
Qo‘lga olinishidan sal oldinroq u Kun.uz'ga murojaat qilib, shifoxonaga uskunalar ajratilmayotgani hamda va’da qilingan mukofot pullari berilmayotganidan shikoyat qilgandi.
Keyinchalik Guljahon Yo‘ldosheva qamoqdan ozod etildi. Unga nisbatan qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasi sud ajrimi bilan uy qamog‘iga almashtirildi. 2020 yilning 27 noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudida u va yana 4 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha sud boshlandi.
Sud jarayonlari 4 oydan ko‘proq davom etdi va 2021 yilning 5 aprel kuni Guljahon Yo‘ldosheva hamda boshqalarga nisbatan dastlabki sud hukmi o‘qildi.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Frontda «o‘rgimchak urushi», Oq uyda «ayrilish kuyi» – hafta dayjesti
Jahon | 20:27
-
O‘zbekiston va Qatar o‘yini sabab «Bunyodkor» stadioni atrofidagi ko‘chalarda harakat cheklanadi
Jamiyat | 19:35
-
Germaniya Rossiya bilan urush uchun bunkerlarni ommaviy tayyorlashni boshlaydi
Jahon | 18:20
-
Toshkentda mototsikl va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Haydovchilar vafot etdi
Jamiyat | 18:09
Mavzuga oid

10:21
Orzudagi mundial yo‘llanmasi va qonun ustuvorligida pasayish - hafta dayjesti

17:39 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi

15:13 / 02.06.2025
“Afrikaning ayrim mamlakatlaridan ham orqadamiz” - senator odil sudlov masalasida

18:37 / 29.05.2025