O‘zbekistonda tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish tartibi o‘zgaradi
“Tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va valuta namunalarini ekspress aniqlash jarayonida texnik vositalaridan foydalanish tartiblarini tasdiqlash haqida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Prezident qaroriga asosan tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va valuta namunalarini ekspress aniqlash jarayonida texnik vositalaridan foydalanish tartibini joriy etish hamda ekspress aniqlovchi zamonaviy texnik vositalarni budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan xarid qilish bo‘yicha vazifalar belgilangan.
Tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ekspress aniqlash jarayonida texnik vositalaridan foydalanish tartibi va tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda valuta namunalarini ekspress aniqlash jarayonida texnik vositalaridan foydalanish tartibi tasdiqlanadi.
Shunday tartib joriy etiladiki, unga muvofiq 2023 yil 1 iyuldan boshlab, tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirayotgan tezkor xodim:
- giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq holatni qayd etishda aniqlangan modda (buyum) giyohvand vositasi yoki psixotrop moddasiga taalluqli ekanligiga shubha paydo bo‘lganida;
- aniqlangan modda (buyum)ni giyohvand vositasi yoki psixotrop moddasi qaysi turiga mansubligi bo‘yicha ikkilanganida;
- giyohvand vositasi yoki psixotrop moddasi yangi turlari (analoglari)ni uchratganida;
- tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda aniqlangan valuta namunasi qalbaki ekaniga shubha paydo bo‘lganida;
- tezkor tadbirlar davomiyligini ta’minlash uchun zarurat yuzaga kelganda tezkorlikni amalga oshirish hamda vaqtini tejash maqsadida, ular aniqlangan joy o‘zida yoki huquqni muhofaza qiluvchi idoralar binosida, xolislar ishtirokida mazkur modda (buyum) yoki valuta namunalarini ekspress aniqlash texnik vositasi yordamida tekshiradi.
Belgilanishicha, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar hamda valuta namunalarini ekspress aniqlovchi zamonaviy texnik vositalar zaruratga ko‘ra xaridi bilan bog‘liq sarf-xarajatlar tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar budjetdan tashqari mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Belgilab qo‘yilishicha, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar tezkor xodimlari uchun tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va valuta namunalarini ekspress aniqlash jarayonida texnik vositalaridan foydalanish bo‘yicha mavzuli o‘quv-seminarlarni tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Propiska mashmashasi, “sud-pud demaydigan” hokim va Rossiyaga nota - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:15
-
Erondagi cheklovlar sababli Dubay va Sharm ash-Shayxga aviareyslar jadvali o‘zgartirildi
O‘zbekiston | 08:39
-
Eron Isroilga yangi raketalar to‘lqinini uchirdi
Jahon | 07:41
-
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Mavzuga oid

14:12 / 19.04.2025
Ommaviy tadbirlar to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtiriladi

12:51 / 21.10.2024
Do‘stlik tumani Ekologiya inspeksiyasi sobiq boshlig‘i qidiruvga berildi

15:10 / 11.10.2024
Qozog‘istonda qidiruvdagi o‘zbekistonlik ushlandi

08:10 / 17.09.2024