Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Har bir xodimning harakatlariga huquqiy baho beriladi» - Toshkent viloyati IIBB Quyi Chirchiqdagi qotillik haqida

Toshkent viloyati IIBB Kun.uz saytida Quyi Chirchiqdagi qotillik ro‘y berishida profilaktika inspektorining beparvoligi ham sabab bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida chiqqan materialga munosabat bildirdi.
«Huquqiy jihatdan ayni vaqtda (holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari o‘tkazilayotgan vaqt) voqea yuzasidan biror shaxsni ayblash, daxldorlikni e’lon qilish amaldagi qonunchilikka zid.
O‘tkazilayotgan tergov harakatlari va xizmat tekshiruvi xulosasiga ko‘ra voqeaga daxldor har bir shaxsning (IIB xodimining ham) harakatlariga huquqiy baho beriladi va aybdorlik darajasidan kelib chiqib ta’sir chorasi ko‘riladi. Ish tugatilgach natijasi yuzasidan jamoatchilik va OAV vakillariga axborot taqdim qilinadi», — deyiladi munosabatda.
Qayd etilishicha, 27 avgust kuni shu ish mahallada, jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilinib, jinoyatning salbiy oqibatlari, shu kabi holatlarda beparvo bo‘lmaslik, jinoyatni keltirib chiqarayotgan omillar haqida aholiga tushuntirish tashkil qilingan. Tafsilotga ko‘ra, 24 avgust kuni soat 19:00 larda ayol IIB ga murojaat qilib, eri u bilan janjallashib, sms xabarlarni ko‘rish maqsadida telefonini tortib olganini ma’lum qilgan.

Profilaktika inspektori murojaatga asosan yetib kelgan va ayol (marhuma)dan otasi ishtirokida ariza qabul qilib, uning eri S.X.ni qidirishga kirishib, yashash manzili, qarindosh va yaqinlari xonadonlarida bo‘lib surishtiruv olib borgan. Shu jarayonda oradan bir necha soat o‘tib, tongga yaqin, yuqorida qayd etilgan jinoyat sodir bo‘lgan. Voqeada gumonlanuvchi fuqaro S.X. ushlanib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
«Ijtimoiy tarmoq faollaridan, hozirda holat yuzasidan biror kimga ayblov qo‘yishga shoshilmaslikni so‘raymiz. Toshkent viloyati IIBB jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan har qanday tazyiq, zo‘ravonlikka nisbatan keskin va murosasizligini ma’lum qilamiz», deya ta’kidlanadi munosabatda.
Holat to‘liq, qonuniy tahlil qilinib, yakunida har bir xodimning va boshqa voqea ishtirokchilari (gumonlanuvchi) harakatlariga huquqiy baho berilishi ma’lum qilingan.
- Eslatib o‘tamiz, Quyi Chirchiq tumanida er 24 avgust kuni rashk sabab xotinini xususiy uy bog‘chasidagi bolalar ko‘z o‘ngida bo‘g‘ib, urgani aks etgan videolavha internetda tarqalgandi. Keyingi kuni u uch oydan buyon otasinikida yashayotgan ayolni o‘ldirgani ma’lum bo‘ldi. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
- 27 avgust kuni Kun.uz muxbiri Quyi Chirchiqda bo‘lib, marhumaning yaqinlari bilan suhbatlashdi. Otaning aytishicha, 24 avgust kungi voqeadan keyin IIBga murojaat qilingan, lekin profilaktika inspektori daladagi ishlarini bahona qilib, huquqbuzarga chora ko‘rmagan.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Google telefondagi zilzila haqida ogohlantirish tizimi qanday ishlashini tushuntirdi
Fan-texnika | 19:20
-
Kuba prezidentlikka nomzodlar uchun 60 yosh chegarasini bekor qildi
Jahon | 18:49
-
Konsertdagi lavha yirik kompaniya rahbarining ehtimoliy xiyonatini oshkor qildi
Jahon | 18:48
-
Hamas urushni yakunlaydigan bitim talab qilmoqda. Isroil esa g‘azoliklarni ko‘chirmoqchi
Jahon | 18:40
Mavzuga oid

15:48 / 13.07.2025
Farg‘onada tanishini urib ketgan haydovchi qasddan odam o‘ldirishda ayblanmoqda

17:45 / 12.07.2025
Chinozda opasini o‘ldirib, 7 kun gilam ichida saqlagan yigitga hukm o‘qildi

17:56 / 10.07.2025
Kiyevda Ukraina xavfsizlik xizmati polkovnigi otib ketildi

17:42 / 07.07.2025