Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 yanvardan aholi barcha qatlamini zilzilaga tayyorlash tizimi joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Aholi barcha qatlamini zilzilaga tayyorlash tizimini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
O‘zbekistonda aholi barcha qatlamini zilzilaga tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizom, O‘zbekistonda aholi barcha qatlamini zilzilaga tayyorlashga mo‘ljallangan milliy elektron platformani yuritish hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.
Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari:
- 2023 yil 1 yanvardan boshlab aholi barcha qatlamlarini milliy elektron platformadagi malaka oshirish o‘quv kurslari orqali zilzilaga tayyorlash tadbirlari olib borilishini yo‘lga qo‘yadi va tayyorgarlikdan o‘tganlar monitoringini yuritadi;
- aholi barcha qatlamlarini zilzilaga amaliy jihatdan tayyorlashni joylarda o‘tkaziladigan o‘quv-mashqlari orqali amalga oshirish amaliyotini izchil davom ettiradi.
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, boshqa davlat tashkilotlari rahbarlari, mas’ul mutaxassislari, qutqaruv xizmatlari, qutqaruv va fuqaro muhofazasi tuzilmalari, ular tarkibiga kirmagan xodim va xizmatchilarni hamda harbiy xizmatchilarni tayyorlash, ular tomonidan o‘tkaziladigan o‘quv mashqlari va mashg‘ulotlarini moliyalashtirish, ushbu tashkilotlarga har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida, budjetdan tashqari mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Moddiy madaniy meros obektlarini ijaraga berish onlayn auksion orqali amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 07:53
-
Rossiyada Army SOS fondi «nomaqbul tashkilot» deb tan olindi
Jahon | 07:41
-
Narkologik kasallikka yo‘liqqan mahkumlarga mehnat terapiyasi qo‘llanishi mumkin
O‘zbekiston | 07:36
-
Rossiya Polshaning Kaliningraddagi konsulligini yopishga qaror qildi
Jahon | 07:34
Mavzuga oid

00:41 / 06.12.2024
AQShda 7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

13:51 / 23.11.2024
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

21:47 / 17.11.2024
Yaponiya qirg‘oqlarida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

11:53 / 13.11.2024