Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moddiy madaniy meros obektlaridan foydalanishda davlat-xususiy sheriklik joriy etiladi

Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishda davlat-xususiy sheriklikni joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Moddiy madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishda davlat-xususiy sheriklikni joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.
2023 yil 1 yanvardan boshlab moddiy madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish maqsadida davlat mulki hisoblangan moddiy madaniy meros obektlari ular ushbu sohadagi faoliyat turini saqlab qolish sharti bilan xususiy sherikka Vazirlar Mahkamasi qarorida belgilangan maqsadlarda davlat-xususiy sheriklik asosida foydalanishga beriladi.
Bunda, Madaniy meros agentligi tomonidan davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish hamda tashabbuskorlarga qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida obekt oldingi faoliyat turi yoki moddiy madaniy meros obektlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga tavsiya berilishi mumkin.
Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi 2022 yil 1 oktyabrga qadar moddiy madaniy meros obektlarini xatlovdan o‘tkazib, davlat-xususiy sheriklik joriy etiladigan obektlar ro‘yxati shakllantirilishini, 1 dekabrga qadar moddiy madaniy meros sohasida davlat mulki obektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida berish loyihalari ilmiy-ekspert kengashida muhokama qilinishini va davlat-xususiy sheriklik joriy etiladigan moddiy madaniy meros obektlari to‘g‘risida o‘z saytida e’lon berilishini ta’minlaydi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Xorvatiyada og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 11:22
-
🔴LIVE: AQSh Hamasdan “arazladi”, Suriyada saylov belgilandi | “Geosiyosat”
Jahon | 11:10
-
Tramp Eron yadroviy obektlarini yana «yakson etish» bilan tahdid qildi
Jahon | 10:42
Mavzuga oid

00:50 / 22.06.2025
Pavel Durov o‘z boyligini 100 dan ortiq farzandlari orasida taqsimlaydi

20:18 / 24.01.2025
Malayziya instituti O‘zbekistonning qadimiy va noyob merosini targ‘ib qiladi

12:29 / 05.12.2024
YuNESKO nomoddiy madaniy meroslar ro‘yxatini kengaytirdi

11:00 / 07.07.2024