Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Tadbirkorlar o‘zini erkin his qilolmayapti” - Islom Jasimov
“Tegishli organlar xususiy mulkka tajovuz qilish qat’iyan man etilganini tushunib yetmayapti”, dedi biznes vakillari bilan uchrashuvda SSP raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov. U qonunlarni kuchaytirish, xususiy mulkka tajovuz uchun jazoni og‘irlashtirish kerakligini aytdi.
17 avgust kuni prezidentning tadbirkorlar bilan uchrashuvi oldidan “Tadbirkorlar bilan muloqot” haftaligi boshlandi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Toshkentdagi tadbirda so‘z olgan Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov tadbirkorlar erkinligi va xususiy mulk daxlsizligiga oid muammolar haqida gapirdi.
“Shaxsan meni xavotirga soladigan narsa – tadbirkorlarning faoliyatiga noqonuniy aralashuv. Hech buning oldini ololmayapmiz. Shu mazmunda 500taga yaqin murojaat tushdi. Davlat organi bo‘ladimi, huquqni muhofaza qiluvchi organlarmi – jinoiy javobgarlik borligini bilib turib, qo‘rqmasdan tadbirkorning ishiga aralashadi. Tadbirkor o‘zini erkin his qilmayapti”, – dedi Islom Jasimov.
U xususiy mulk himoyasi haqida gapirarkan, bu borada 155ta murojaat kelib tushganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2012 yilda qabul qilingan ikkita qonun: “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida” va “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar zamon talabiga javob bermayapti.
Bundan tashqari, SSP vakili Jinoyat kodeksining 192-1-moddasi (xususiy mulk huquqini buzish) sanksiyasini kuchaytirish kerakligini aytdi. Bu moddadagi jinoyatlar uchun 200 BHM jarimadan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha bo‘lgan jazo turlari belgilangan.
“Tadbirkorlarning o‘z xususiy mulki bo‘yicha ishonchi kuchli emas. Qonun bor, jinoiy javobgarlik bor. Jinoiy javobgarlik masalasiga kelsak, 192-1-moddada xususiy mulkka tajovuz qilish jazosi juda ham yengil. Buni yurist sifatida aytyapman. Ma’muriy javobgarlikka tortilgandan keyingina jinoiy javobgarlikka tortish mumkin. Jinoiy javobgarlikning jazo turlari ham juda yengil. Vaholanki, bu – xususiy mulk, u yuksak darajada himoya qilinishi kerak.
Tegishli organlar, boshqa shaxslar xususiy mulkka tajovuz qilish qat’iyan man etilganini tushunib yetmayapti. Xususiy mulkka tajovuz uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish masalasi ko‘rib chiqilsa to‘g‘ri bo‘lar edi”, – deydi u.
Islom Jasimovga ko‘ra, tadbirkorlarning erkinligi masalasi birinchi o‘rinda turishi kerak.
“Aynan erkinlikni ta’minlash hammamizning vazifamiz bo‘lishi kerak. Bugun tadbirkor O‘zbekistonda o‘zini qanchalik erkin his qiladi? Bugun u shu yerda bir narsa qursa, 3 yildan keyin shu mulk noqonuniy olib qo‘yilmasligiga ishonadimi? Tadbirkorlar o‘zi turib aytsin.
2012 yilda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”dagi qonunda davlat 16 ta kafolat bergan. Menimcha, bu qonun ham bugungi kun talablariga javob bermayapti. Shu qonunni ham butunlay yangi tahrirda qabul qilib, tadbirkorning erkinligini ta’minlash uchun aniq-aniq normalar kiritish kerak”, – deydi SSP raisining birinchi o‘rinbosari.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
Sanksiyalar ostida bo‘lgan Matviyenko Jyenevada nutq so‘zladi
Jahon | 09:26
-
Rossiyada shatdaunlar paytida ham ayrim resurslarga kirish imkoni yaratilishi mumkin
Jahon | 09:21
-
YeIda Tramp bilan savdo bitimi shartlari turlicha baholandi
Jahon | 09:19
Mavzuga oid

14:05 / 06.03.2025
O‘zbekiston uchun xalqaro darajadagi 10 000 nafar moliya mutaxassisini qanday tayyorlash kerak?

17:32 / 30.01.2025
Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarni tekshirish samaradorligi bo‘yicha eng yomon tashkilot deb topildi

20:20 / 20.01.2025
Nodavlat OTMlarga norasmiy “soliq” solish davom etayotgani aytilmoqda. Vazirlik buni rad etdi

11:04 / 17.01.2025