Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTHda 8 kishi tiriklayin yonib ketdi
Spark va Gentra o‘zaro to‘qnashganda yong‘in kelib chiqqan. Kun.uz muxbirining xabar berishicha, hodisa oqibatida har ikkala mashina va ularda bo‘lgan jami 8 kishi yonib yetgan.

Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Muborak tumanida Spark hamda Gentra rusumli mashinalar yonib ketgani aks etgan videoyozuvlar tarqaldi.
Hodisa 15 avgust kuni tunda A-380 G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynov xalqaro avtomobil yo‘lining Muborak tumani hududidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgan.
Kun.uz'ning aniqlashicha, katta tezlikda harakatlanayotgan mashinalardan biri ikkinchisining yo‘liga chiqib ketib o‘zaro to‘qnashgan. Shundan so‘ng yong‘in kelib chiqqan. Oqibatda har ikkala mashina va ularda bo‘lgan odamlar yonib ketgan.
16 avgust kuni Kun.uz muxbirlari voqea joyida bo‘lib, hodisani o‘rganishdi. Tafsilotlari tez orada e’lon qilinadi.
Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati hodisa yuzasidan viloyat IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Avvalroq, Samarqand viloyati Nurobod tumanida Nexia YTHga uchrab yong‘in sodir bo‘lgan va oqibatda mashina salonida bo‘lgan 4 kishi mashinaga qo‘shilib yonib ketgandi.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda 64-sonli avtobus yonib ketdi
O‘zbekiston | 15:32
-
Kamchatkada 7,2 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Jahon | 14:53
-
Ko‘paygan suvda cho‘kishlar, ruhiy «nosog‘lom» mintaqa, shifokorlarga hujum va Rog‘un GESidan 20 yillik shartnoma
Jahon | 14:06
-
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi
Jahon | 13:47
Mavzuga oid

16:51 / 09.04.2025
Muborakdagi YTHda ikki profilaktika inspektori halok bo‘ldi

21:26 / 25.02.2025
Muborak tumaniga yangi hokim tayinlandi

16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi

15:50 / 27.07.2024