Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston - shaxmat olimpiadasi g‘olibi
Butunjahon shaxmat olimpiadasining yakuniy turida O‘zbekiston Niderlandiyani mag‘lub etdi va turnir g‘olibiga aylandi.
Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining so‘nggi, 11-turida O‘zbekiston jamoasi Niderlandiya jamoasi ustidan g‘alaba qozonib, 188 jamoa ishtirok etgan olimpiada chempioniga aylandi.
Bugungi bahslarda Nodirbek Yoqubboyev (2620), Nodirbek Abdusattorov (2688) va Javohir Sindorov (2629) o‘z o‘yinlarida durang natija qayd etishdi. Hal qiluvchi bahsda esa 27 yoshli tajribali Jahongir Vohidov (2564) 20 yoshli Maks Uormerdam (2610) ustidan g‘alabaga erishdi va umumiy 2,5-1,5 hisobini ta’minladi.
Bu natijadan keyin O‘zbekiston jamoasi turnir jadvalida 19 ochko bilan birinchi o‘rinni saqlab qoldi - asosiy raqib bo‘lgan Armaniston ham Ispaniya vakillarini mag‘lub etgandi va ochkolari sonini 19 taga yetkazgandi, ammo qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga ikkinchi o‘rinda qoldi.
Qayd etish kerakki, O‘zbekiston tarixda birinchi marta shaxmat olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston terma jamoasi ushbu olimpiada davomida biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Belarusda Tixanovskaya demokratik kuchlarining vakillari «terrorchilar» deb tan olindi
Jahon | 13:57
-
O‘zbekistonning issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishga qo‘shadigan hissasi ortadi
O‘zbekiston | 13:53
-
Zaruratdan muvaffaqiyatgacha: Ayol uchun “Me‑time” qanchalik muhim?
Jamiyat | 13:47
-
AQSh Ukrainaga ayrim turdagi qurollarni yetkazib berishni qayta tikladi
Jahon | 13:37
Mavzuga oid

09:00 / 09.07.2025
Moskvadagi xalqaro shaxmat turnirida yosh o‘zbek shaxmatchilari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi

17:50 / 21.05.2025
Magnus Karlsen dunyo bo‘yicha 143 ming shaxmatchi bilan onlayn o‘yin o‘tkazdi

20:52 / 26.03.2025
Ukrainalik grossmeyster g‘irromligi uchun 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi

11:56 / 28.02.2025