Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston konsulligi orqali elektron raqamli imzoni olish imkoniyati yaratildi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari orqali elektron raqamli imzo berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Xorijda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari endi elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini olish bo‘yicha davlat xizmatidan foydalanishlari mumkin.
O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari orqali elektron raqamli imzo berish tartibi to‘g‘risidagi nizom quyidagilarni belgilaydi:
- diplomatik vakolatxonalar konsullik bo‘limlari va konsullik muassasalariga murojaat qilish tartibi;
- ERI sertifikatini berish tartibi va amal qilish muddati;
- xizmat uchun konsullik yig‘imlari miqdori.
Konsullik muassasasi orqali ERI kalitlari sertifikatlarini ro‘yxatga olish va ularni berish vakolatli organ tomonidan idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimi orqali amalga oshiriladi. ERI sertifikati amal qilish muddati u ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab 2 yildan oshmasligi kerak.
ERI kaliti sertifikati — o‘zida egasi to‘g‘risidagi axborotni saqlaydigan hujjat, unda egasi maqomi, rekvizitlari va vakolatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar shifrlangan. Sertifikat kalit qo‘llanilishi uchun javobgar bo‘lgan muayyan shaxsga tegishli ekanini tasdiqlaydi. Hujjat elektron raqamli yoki qog‘oz shaklidagi variantlarga ega.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Egasiz ko‘chmas mol-mulkni davlat mulkiga o‘tkazish tartibi tasdiqlanadi
Ko‘chmas mulk | 07:55
-
Germaniya IIV Rossiya fuqarolariga gumvizalar berish to‘xtatilganini tasdiqladi
Jahon | 07:53
-
Budjet tashkilotlari pulidan qurilish loyihalarini amalga oshirish tizimi o‘zgaradi
O‘zbekiston | 07:40
-
Tramp yordam va OAV uchun xarajatlarni qisqartirish haqidagi qonunni imzoladi
Jahon | 07:36
Mavzuga oid

07:34 / 14.07.2025
Rossiya Polshaning Kaliningraddagi konsulligini yopishga qaror qildi

22:40 / 07.03.2025
AQSh G‘arbiy Yevropadagi o‘nga yaqin konsulligini yopishni rejalashtirmoqda

18:18 / 07.11.2024
Imzo chekishni bilmagani uchun minglab yosh amerikaliklarning saylov byulleteni bekor qilindi

09:35 / 22.08.2024