Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DSQ chek berilmagani haqida shikoyat tushsa, soliq tekshiruvi qanday o‘tkazilishini tushuntirdi
Agar tadbirkorga chek berilmaganligi haqida shikoyat kelib tushsa, soliq tekshiruvi qanday o‘tkaziladi? Soliq qo‘mitasi bu borada tushuntirish bilan chiqdi.

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi
Bunday holda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 7 yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda nazorat-kassa texnikasi (NKT) qo‘llanilishi yuzasidan sayyor soliq tekshiruvi o‘tkaziladi.
Quyidagilar tekshiradi:
- soliq to‘lovchi tomonidan foydalanilayotgan NKT va hisob-kitob terminali tegishli qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi;
- xaridorlarga NKT cheki yoki unga tenglashtirilgan boshqa hujjatlar berilishi.
Soliq tekshiruvini tayinlash to‘g‘risidagi buyruq uni amalga oshirish dasturini tasdiqlaydi, unda tekshirilishi kerak bo‘lgan masalalar ro‘yxati aks ettiriladi.
Soliq solish obektlari va soliq solish bilan bog‘liq obektlar to‘g‘risidagi axborotni aniqlashtirishda ushbu dasturga asosan quyidagilar tekshirilishi mumkin:
- davlat ro‘yxatidan o‘tgani to‘g‘risidagi hujjatlar, faoliyat turi va joyi soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi;
- soliq to‘lovchiga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida, mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo‘l qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq asosida mol-mulkka va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligi.
Soliq tekshiruvi doirasida soliq to‘lovchi — yuridik shaxslar ishchi-xodimlari haqiqiy soni va soliq hisobotida aks ettirilgan ishchi-xodimlar soniga muvofiqligi tekshiruvi amalga oshirilishi mumkin.
Soliq tekshiruvi doirasida uni amalga oshirish dasturida nazarda tutilgan holatlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilishi kerak.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

11:43 / 31.10.2024
Onlayn NKT cheklarini tahrirlash imkoniyati vaqtinchalik cheklanadi - Soliq qo‘mitasi

18:43 / 22.07.2024
QR-kodli chek so‘ragan bolaga tarsaki tushirgan sotuvchi qamaldi

12:47 / 22.07.2024
«Chek talab qilish - mayda ish emas» – Sherzod Qudbiyev chek so‘ragani uchun tarsaki yegan bolaga rahmat aytdi

10:34 / 21.07.2024