Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda prokuratura xodimlari maktab formasi bo‘yicha tilxat yozdirgani haqida xabar tarqaldi. Bosh prokuratura buni rad etib chiqdi
Joriy yilning 2 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtdagi maktablarning birida maktab formasi sotib olinishi shartligi bo‘yicha prokuratura xodimlari tilxat yozdirganligi haqidagi xabar tarqalgan.

Foto: Kun.uz
Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, mazkur xabarni o‘rganish yuzasidan ishchi guruh tuzilib, o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
O‘rganishda, Chilonzor tumanidagi maktablarning birida forma sotib olish bo‘yicha prokuratura organlari tomonidan hech qanday tavsiya berilmagani va tilxat olinmagani, aslida bu maktab direktorining shaxsiy tashabbusi ekani, biroq bu jarayonga yolg‘ondan prokuraturani aralashtirgani aniqlangan.
O‘rganish natijasiga ko‘ra, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘yilmaslik haqida maktab direktori rasman ogohlantirilgan.
Ma’lumot o‘rnida, xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov yagona maktab formasi 2025 yilga qadar bosqichma-bosqich joriy etib borilishi haqida ma’lum qilgandi.
Yangi o‘quv yili - 2022 yil sentabr oyidan boshlab ota-onalar yagona maktab formasini xarid qilishga majburiy talab qo‘yilmaydi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saratovdagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. Qurbonlar bor
Jahon | 16:19
-
Rossiya fuqarolari zaharlanib vafot etgan Toshkentdagi mehmonxona egasi 8 yilga qamaldi
O‘zbekiston | 16:15
-
Misr O‘zbekistonga oliy navli urug‘lik kartoshkani bepul yetkazib beradi
O‘zbekiston | 15:56
-
Rossiyada sudlangan general Ivan Popov orden bilan taqdirlandi
Jahon | 15:28
Mavzuga oid

20:58 / 09.07.2025
Sirdaryoda prokuror o‘rinbosari ushlandi

09:14 / 18.06.2025
“Aybsiz bo‘lsa, nega yashirinib yuribdi?” – Farg‘ona viloyati IIB restoranga uyushtirilgan “maska-shou”ga izoh berdi

19:26 / 17.06.2025
Restorandagi “maska-shou”: Farg‘onaning amaldorlari u yerda nima qilyapti?

09:56 / 18.05.2025