Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijtimoiy soha obektlari 15 sentabrga qadar mahalliy ko‘mir bilan to‘liq ta’minlanadi
Joriy yilning 29 iyul kuni «O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyatiga matbuot anjumani va press-tur tashkil etildi. Unda qattiq yoqilg‘i qazib chiqarish, saralash va yuklash jarayonlari, bu boradagi ko‘rsatkichlar, sifat bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida axborotlar berildi.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati
Jamiyat tomonidan 2022/2023 yillar kuz-qish mavsumi uchun respublika ijtimoiy soha obektlariga 518 ming tonna, aholi ehtiyojlari uchun 882 ming tonna mahalliy ko‘mir mahsulotlari yetkazib berish rejalashtirilgan.
«O‘zbekko‘mir» bosh direktori birinchi o‘rinbosari A.Mirahmedovning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy soha obektlariga ko‘mir yuklash ishlari bu yil har galgidan barvaqt − 1 apreldan boshlandi. Ayni paytda jamiyat tomonidan kuniga o‘rtacha 3 ming tonna ko‘mir yuklab jo‘natilmoqda. 2022 yil 27 iyul holatiga budjet tashkilotlari uchun 326,3 ming tonna mahalliy ko‘mir ortib yuborildi.
Bildirilishicha, respublika budjet tashkilotlarini kuz-qish mavsumi uchun ko‘mir bilan to‘liq ta’minlash ishlarini 15 sentabrga qadar yakunlash, aholini mahalliy ko‘mir bilan ta’minlashni esa 31 dekabrgacha tugatish rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Senat xorijdan qaytganlarni OIV majburiy tekshiruvidan o‘tkazish haqidagi qonunni ma’qulladi
O‘zbekiston | 21:29
-
Uitkoff uchun uyushtirilgan «sahna» - Tramp vakilining Isroil yordam markazlariga tashrifi G‘azodagi vaziyatni o‘zgartira oladimi?
Jahon | 20:49
-
Putin va Lukashenko skameykada o‘tirib intervyu berdi
Jahon | 20:34
-
Trampning ultimatumidan keyin Putin: «Oreshnik»ni seriyali chiqara boshladik»
Jahon | 20:07
Mavzuga oid

20:12 / 05.03.2025
Angrendagi ko‘mir konida «BelAZ» ag‘darilib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi

20:20 / 05.02.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan ko‘mir import qilishni boshlaydi

12:43 / 05.02.2025
OAV: Yanukovichning o‘g‘li bosib olingan yerlardan olingan ko‘mir savdosi bilan shug‘ullanyapti

07:37 / 24.12.2024