Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati tadbirkorlar bilan uchrashdi

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi
2022 yil 22 iyul kuni Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati tadbirkorlar va ishbilarmonlar bilan uchrashdi. Unda 200 nafarga yaqin tadbirkor ishtirok etdi. Ikki yarim soatdan ortiq vaqt davom etgan uchrashuvda bir tomonlama EHF, onlayn-NKMlardan foydalanish, cheklarni tahrirlash, tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, QQS guvohnomasining amal qilishini to‘xtatib turish, yer va mol-mulk solig‘i, ortiqcha to‘langan soliqlarni qaytarish, inkasso topshiriqnomalari, shuningdek, soliq organlari bilan qayta aloqa kabi tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv murojaatlar yechimi yuzasidan dastlabki natijalar
“PLUS PROMOTION” MChJ tomonidan yo‘llangan QQS summasini tezlashtirilgan tartibda qaytarish bo‘yicha murojaat ijobiy hal etildi. Murojaat QQS zanjiridagi soliq uzilishlarini real vaqt rejimida tekshirish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan tizim yordamida o‘rganib chiqildi va korxona tomonidan hisobga olingan 1,1 mlrd so‘m QQS summasi qaytarildi.
Shuningdek, “MONOLITH ASIA” MChJning ayni mazmundagi murojaati ham o‘z yechimini topdi. Korxonaga 1,6 mlrd so‘m miqdoridagi QQS summasi qaytarildi.
Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi yuridik manzili Mirzo Ulug‘bek tumanidan Mirobod tumaniga o‘zgargan bo‘lsa-da, JShODS va ijtimoiy soliq to‘lovlari Mirzo Ulug‘bek tumaniga to‘lab kelingan.
Natijada, Mirobod tumanida korxonaning 108 mln so‘m qarzdorligi hosil bo‘lgan va 2,1 mln so‘m penya hisoblangan. To‘langan soliqlar Mirobod tumanidagi shaxsiy hisobvaraqlariga o‘tkazilib, hisoblangan penyalar bartaraf etildi.
DSQ raisi uchrashuvda tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan muammolarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berib, bunday uchrashuvlarning muntazam tashkil etilishi soliq to‘lovchilar bilan samarali konstruktiv muloqot o‘rnatish imkonini berayotganini ta’kidladi.
DSQ Matbuot xizmati
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Yakkasaroy tumanidagi yong‘inda yettita archa daraxti yonib ketdi
O‘zbekiston | 15:11
-
Porscheʼning avtobiznesdan foydasi ikkinchi chorakda 91 foizga kamaydi
Avto | 15:07
-
Bitiruvchilarni texnikumga qabul qilish muddati 10 avgustga qadar uzaytirildi
Ta’lim | 14:55
Mavzuga oid

18:53 / 13.04.2023
Bank kartasidan boshqa kartaga pul o‘tkazmalari uchun soliq joriy etilishi haqidagi xabar rad etildi

19:55 / 17.01.2022
Jurnalist «yosh qizcha»mi? «Qudbiyevcha» matbuot anjumanidan keyingi mulohaza

17:51 / 28.07.2021
6 oyda O‘zbekiston bo‘ylab yig‘ilgan soliqlarning yarmidan ko‘pini yirik kompaniyalar to‘lagan – DSQ

16:14 / 16.07.2021