Voleybol federatsiyasi mansabdorlari budjet mablag‘larini juda ko‘p miqdorda talon-toroj qilgani aniqlandi
Bosh prokuratura tomonidan mutasaddi idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Voleybol federatsiyasida budjetdan ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi o‘rganildi.

Foto: Kun.uz
O‘rganishda, federatsiya mansabdor shaxslari va boshqalar budjet mablag‘larini juda ko‘p miqdorda talon-toroj qilishgani aniqlandi.
Xususan, sobiq jismoniy tarbiya va sport vaziri buyrug‘iga asosan, federatsiyaga 54 nafar sportchilar bilan 23 kunlik o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazish uchun budjetdan 445 mln so‘m ajratilgan bo‘lsa-da, amalda 10 kun o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazilib, 231 mln so‘m budjet mablag‘lari o‘zlashtirilgan.
Bundan tashqari, terma jamoa va uning zaxirasi tarkibiga kiritilmagan 29 nafar sportchi turli sport yig‘inlariga yuborilib, 75 mln so‘m mablag‘lar asossiz sarflangan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida budjetga yetkazilgan zararning 120 mln so‘mi qoplanishi ta’minlangan.
Mazkur holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

11:53 / 10.03.2025
Ozodlikdan mahrum qilingan 20 ming kishi, 4 barobarga oshgan talon-torojlar – jinoyatchilik statistikasi

12:30 / 06.03.2025
Qariyb 200 mln so‘mlik gazni talon-toroj qilgan kafe egasi ushlandi

16:21 / 05.03.2025
Romitanda “rayono” mudiri va uning sheriklari jinoiy jazoga tortildi

20:43 / 28.02.2025